|
UMUMIY MA’LUMOTLAR
O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi avtomobil va daryo transportida tashuvlarni amalga oshirish bo`yicha xalqaro shartnomalarning loyihalarini ekspert sifatida ishlab chiqish va xalqaro shartnomalar majburiyatlarining bajarilishini ta`minlash vazifalarini o`z zimmasiga olgan vakolatli organ hisoblanadi.
Agentlikning xalqaro doiradagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-
Avtomobil va daryo transporti faoliyatini tartibga soluvchi me’yoruy bazani takomillashtirish, mavjud xalqaro avtomobil yo`laklaridan samarali foydalanish va ularning yangilarini ochish bo`yicha takliflarni davlat organlariga ko`rib chiqish uchun kiritish. Avtomobil va daryo transportidan foydalanish bo`yicha xalqaro bitimlar va shartnomalar ishlab chiqilishida O`zbekiston Respublikasi nomidan ishtirok etish.
-
O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining tashqi iqtisodiy faoliyati Agentlikning xorijiy davlatlar bilan xalqaro aloqalarini o`rnatish va rivojlantirishga mas’ulligidan iborat.
-
Ayni paytda O`zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan xorijiy davlatlar bilan xalqaro avtomobil tashuvlarini amalga oshirishga doir 27 ta hukumatlararo va bitta idoralararo bitimlar imzolangan.
-
Mazkur bitimlar bo`yicha vakolatli davlat organi O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligidir.
-
Xalqaro avtomobil tashuvlarini tartibga solish va rivojlantirish masalalarini hal etish maqsadida har yili O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi va xorijiy davlatlarning vakolatli organlari o`rtasida amaldagi imzolangan shartnomalar talablarini bajarish bo`yica muzokaralar olib boriladi va o`zaro kelishuvlar asosida ikki tomonlama ruxsatnoma blankalari almashiladi.
_____________________________
Yangilangan sana: 25.08.2010 21:40
|