SHAHAR, SHAHARLARARO VA XALQARO AVTOTRANSPORTLARDA YO`LOVCHILAR TASHISH YUZASIDAN TENDERLAR TASHKIL ETISH VA O`TKAZISH
Aholiga xizmat ko`rsatish madaniyati va sifatini yaxshilash, yo`lovchilar transportida bozor raqobati muhitini yaratish, Respublikada avtotransport faoliyatini tartibga solish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 17 avgustdagi “Shahar yo`lovchilar transportida ochiq tenderlar tashkil etish va ularni o`tkazish masalalari to`g`risida”gi 350-sonli va 1999 yil 29 iyuldagi “Shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo`lovchilar tashish avtomobil transportida ochiq tenderlar tashkil etish va o`tkazish masalalari to`g`risida”gi 368-sonli qarorlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 31 yanvardagi 11-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Toshkent shahrida yo`lovchilar tashish yo`nalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlarni tashkil etish va o`tkazish to`g`risida”gi nizom talablaridan kelib chiqqan holda barcha shahar yo`nalishlari, shaharatrofi va shaharlararo - viloyat ichki yo`nalishlar, Qoraqalpog`iston Respublikasi hududidagi yo`nalishlar, viloyatlararo-shaharlararo yo`nalishlar, Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri o`rtasidagi yo`nalishlar tender asosida joylashtiriladi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 4 iyundagi “Avtomobil transporti sohasida monopoliyadan chiqarish va boshqaruvni takomillashtirish to`g`risida”gi 2871-sonli Farmoni, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 10 martdagi “O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 118-sonli qarori talablaridan kelib chiqqan holda O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi barcha ochiq tenderlar tashkilotchilari faoliyatini muvofiqlashtiradi. 2011-yilning 1-oktabr holatiga respublikamizda 3809 ta yo`lovchi avtomobil yo`nalishlari mavjud bo`lib, ulardan 3758 tasi, yoki 98,7 foizi tender asosida joylashtirilgan. Birgina 2011-yilning o`zida respublikamizda 112 ta ochiq tender tanlovlari o`tkazilgan bo`lib, ular orqali 1056 ta yo`lovchi yo`nalishlari joylashtirilgan. Tashuvchilar ochiq tenderlarning tashkil etilishi va o`tkazilishi masallari bo`yicha O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligiga (Toshkent sh., Zulfiyaxonim k., 3-uy manzili bo`yicha yoki 241-18-10, 241-15-11 telefonlari orqli) va Agentlikning hududiy bo`limlariga murojaat qilishlari mumkin. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ochiq tenderlarning tashkil etilishi va o`tkazilishi masalalari bilan tegishli ravishda shahar va viloyat hokimiyatlari qoshida tashkil etilgan Litsenziyalash va barcha turdagi yo`lovchi transporti harakatini muvofiqlashtirish departamentlari shug`ullanadilar. _____________________________
Yangilangan sana: 12.10.2011 17:40
|