QO`SHIMCHA MALUMOTLAR
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 4 iyundagi “Avtomobil transporti sohasida monopoliyadan chiqarish va boshqaruvni takomillashtirish to`g`risida”gi 2871-sonli Farmoni, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 10 martdagi “O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 118-sonli qarori talablaridan kelib chiqqan holda O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi barcha ochiq tenderlar tashkilotchilari faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Ayni paytda respublikamizda 3120 ta yo`lovchi avtomobil yo`nalishlari mavjud bo`lib, ulardan 2770 tasi, yoki 89,1 foizi tender asosida joylashtirilgan.
Birgina 2009 yilning o`zida respublikamizda 161 ta ochiq tender tanlovlari o`tkazilgan bo`lib, ular orqali 1569 ta yo`lovchi yo`nalishlari joylashtirilgan.
Tashuvchilar ochiq tenderlarning tashkil etilishi va o`tkazilishi masallari bo`yicha O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi (Toshkent sh., U.Yusupov k., 3-uy manzili bo`yicha yoki 241-18-10, 241-15-11 telefonlari orqli) va Agentlikning hududiy bo`limlariga.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ochiq tenderlarning tashkil etilishi va o`tkazilishi masalalari bilan tashkil etilgan Litsenziyalash va barcha turdagi yo`lovchi transporti harakatini muvofiqlashtirish departamentlari shug`ullanadilar.
_____________________________
Yangilangan sana: 25.08.2010 21:33
|