Joriy yilning 20 aprel' kuni Milliy matbuot markazi majlislar zalida O`zbekiston avtomobil' va daryo transporti agentligi tomonidan respublika hududida shaharlararo-viloyatlararo yo`nalishlarda xizmat ko`rsatayotgan tashuvchilar rahbarlari ishtяirokida yig`ilish hamda ushbu tadbirga bag`ishlangan matbuot anjumani o`tkaziladi.
Respublika hududidagi shaharlararo-viloyatlararo yo`nalishlarda avtotransport xizmati ko`rsatish jarayonida tashuvchilarga tegishli bo`lgan avtobus va mittiavtobus haydovchilari tomonidan yo`l qo`yilayotgan qoidabuzarliklar hamda ularga nisbatan ko`rilayotgan choralar muhokamasi uchun tashkil etilgan mazkur tadbirda Davlat soliq qo`mitasi, IIV YHXBB, "Toshviltransterminal" uyushmasi, "Toshkent" avtovokzali, "Bek Baraka" avtostansiyasi, Agentlikning vakillari va tashuvchi korxonalar rahbarlari ishtirok etadilar.
Yig`ilish kun tartibidan jumladan quyidagi masalalar o`rin olgan:
1. O`zbekiston avtomobil' va daryo transporti agentligi tomonidan shaharlararo-viloyatlararo yo`nalishlarda xizmat ko`rsatayotgan tashuvchilar tomonidan qoidabuzilishlar sodir etilganda ularga nisbatan ko`rilayotgan choralar.
2. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi va uning viloyatlardagi hududiy boshqarmalari hamda boshqa idoralardan kiritilgan xatlarda qayd etilgan haydovchilarning yo`lovchi tashish faoliyatida yo`l qo`yilayotgan qoidabuzarliklarini muhokama qilish.
3. Shaharlararo-viloyatlararo yo`nalishlarda xizmat ko`rsatayotgan tashuvchilar tomonidan haydovchilarning yo`lovchi tashish faoliyatida yo`l qo`yilayotgan qoidabuzarliklari uchun ko`rilayotgan choralar va qoidabuzarliklarning oldini olish bo`yicha olib borilayotgan ishlar haqida tashuvchilar rahbarlarining hisobotlari.








