rus     eng     o'zb  
 
 
Sayt xaritasi Aloqa RSS
 
O`ZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYO TRANSPORTI AGENTLIGI
 
 
Bosh sahifa
Yangiliklar
Biz haqimizda
Komissiyalar, kengashlar, qomitalar
Litsenziyalash
Me`yoriy baza
Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari
Qo`shimcha interaktiv xizmatlar
Malakaviy talablar
Tenderlar
Tadbirlar
Avtotransport xizmati fakt va raqamlarda
Xalqaro munosabatlar


Avtomobil transportini tartibga solish bo`yicha seminar-kengash
01.12.2008 / 399 marta o`qilgan
2008 yilning 3-4 dekabr kunlari O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi majlislar zalida avtomobil transporti sohasini tartibga solish va sohada davlat boshqaruvini amalga oshirishning ayrim jihatlariga bag`ishlangan seminar- kengash bo`lib o`tadi.

Seminar- kengashga O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining barcha bo`lim va xizmatlari, hududiy bo`limlar rahbarlari, shuningdek, hududiy bo`limlarning tenderlarni o`tkazish, litsenziya talab va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish, tashuvlar xavfsizligini tashkil etish sektori hamda litsenziyalash va buxgalteriya hisobi sektori mudirlari, Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari qoshidagi Yo`lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamentlari boshliqlari, O`zbekiston Respublikasi IIV Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi va Respublika OAV vakillari taklif etilgan.

Seminar- kengash kun tartibidan quyidagi masalalar o`rin olgan:
  • Yo`lovchi tashish yo`nalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlarni tashkil etish va o`tkazish, yo`nalishlar, avtoshohbekatlar va avtoboshbekatlarga pasport berish, qishloq joylarda avtomobil transportining ishi to`g`risida.
  • Litsenziya talab va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish doirasida yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash chora-tadbirlari, haydovchilarning kunlik reysoldi tibbiy, avtotransport vositalarining texnik ko`rikdan o`tkazilishi ahvoli to`g`risida. Korxonalarda o`tkazilayotgan tekshiruvlar, litsenziyalarni to`xtatib turish, to`xtatish va bekor qilish masalalari.
  • Davlat standartlari, texnik talablar va qoidalardan tashkil topgan ma`lumotlar bazasini o`z ichiga olgan Avtomobil transporti faoliyatini amalga oshirishga taalluqli me`yoriy-huquqiy baza to`g`risida.

Sayt bo`yicha qidirish:


Подробнее на www.nbu.com


 
 

© O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, 2010

UZINFOCOM ишланмаси, Sayt boshqaruv tizimi MANAGER   DATACENTER UZINFOCOM