rus     eng     o'zb  
 
 
Sayt xaritasi Aloqa RSS
 
O`ZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYO TRANSPORTI AGENTLIGI
 
 
Bosh sahifa
Yangiliklar
Biz haqimizda
Komissiyalar, kengashlar, qomitalar
Litsenziyalash
Me`yoriy baza
Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari
Qo`shimcha interaktiv xizmatlar
Malakaviy talablar
Tenderlar
Tanlovlar
Tadbirlar
Avtotransport xizmati fakt va raqamlarda
Xalqaro munosabatlar
uForum


Qaror ijrosiga bag`islangan matbuot anjumani va seminar
20.06.2011 / 120 marta o`qilgan
Joriy yilning 24-iyun kuni Milliy matbuot markazida O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-maydagi “Yo‘nalishsiz taksilar faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 139-sonli qarorining mazmun-mohiyati targ‘iboti hamda uning ijrosini ta’minlash bilan bog‘liq chora-tadbirlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazadi.

Yo‘lovchilar tashish transportini rivojlantirish sohasida yagona texnika siyosatini amalga oshirish doirasida, yo‘nalishsiz taksilar faoliyatini tartibga solish, ular tomonidan yo‘lovchilar tashish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini va xavfsizligini oshirish maqsadida qabul qilingan ushbu qaror bilan “Yo‘nalishsiz taksilar uchun yagona tanish belgilari va ularning ishlarini tashkil etishga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlangan. 2012-yilning 1-yanvaridan boshlab amalga kiritiladigan Mazkur Qaror O’zbekiston Respublikasi hududida yo‘nalishsiz taksilarning tashqi ko‘rinishiga va ichki ma’lumotlar bilan jihozlanishiga, shuningdek yo‘nalishsiz taksilarning haydovchilariga nisbatan yagona talablarni belgilaydi. U yo‘lovchilarni hamda ularning bagajini so‘ragan yo‘nalish bo‘yicha tashish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan yengil avtotransport vositalarining (yo‘nalishli taksilardan tashqari) barcha turlariga tatbiq etiladi.

Yo‘nalishsiz taksilar faoliyatini belgilangan talablar darajasida shakllantirish uchun mazkur qarorda qator idoralarga tegishli ko‘rsatmalar berilgan. Bundan tashqari, tashuvchilar tomonidan ham tayyorgarlik ishlari olib borilishi talab etiladi. Shu bois tadbirga ommaviy axborot vositalari vakillarining savollariga javob berish uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmas, Davlat soliq qo‘mitasi hamda boshqa qator idoralarning mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.

Shuningdek, matbuot anjumanidan so‘ng Matbuot markazining majlislar zalida tashuvchilar ishtirokida seminar ham bo`lib o`tadi va OAV vakillariga ularning xohishlariga qarab mazkur seminar ishida qatnashishlari uchun ham sharoit yaratiladi. Har ikkala tadbir ishtirokchilariga qarorning mazmun-mohiyati yuzasidan to‘la tushuntirish berish uchun maxsus tayyorlangan ma’lumotnomalar ham tarqatiladi.

Sayt bo`yicha qidirish:



 
 

© O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, 2012

UZINFOCOM èøëàíìàñè, Sayt boshqaruv tizimi MANAGER   DATACENTER UZINFOCOM