2009 yil 14 may kuni soat 15.00 da O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining Toshkent shahar hududiy bo`limi binosida shahardagi xususiy tashuvchilarni jalb etib ishlayotgan yuridik korxonalar rahbarlari ishtirokidagi navbatdagi yig`ilish bo`lib o`tadi.
Yig`ilishda, kun tartibiga ko`ra, quyidagi masalalar ko`rib chiqilishi ko`zda tutilgan:
- O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining Toshkent shahar hududiy bo`limi 2009 yil 1-choraqdagi ish yakunlari;
- Toshkent shahrida xususiy avtotashuvchilarni jalb etib yuk tashish bilan shug`ullanayotgan korxonalarda 2008 yilda amalga oshirilgan ishlar hisoboti;
- joriy yilning 2 may kuni Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumani hududida sodir etilgan yo`l-transport hodisasi to`g`risida;
- muddati tugagan litsenziya va litsenziya varaqalarining litsenziyalovchi organlarga topshirilishi ahvoli;
- korxonalar tomonidan litsenziya talab va shartlarining bajarilishi ahvoli;
- tashuvchilardan bank kassalariga kirim qilinayotgan naqd pul tushumining tahlili;
- 2009 yil g`alla o`rim-yig`imiga tayyorgarlik va boshqa masalalar.








