2009 yilning 14-15 avgust kunlari O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligida avtomobilda tashuvlarning xavfsizligini ta`minlash masalasiga bag`ishlangan seminar bo`lib o`tadi.
Unda Agentlikning tegishli bo`limlari rahbar va mutaxassislari, barcha hududiy bo`limlar boshliqlari va mas`ul xodimlari ishtirok etadi. Shuningdek, seminarga O`zbekiston Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimiyatlari qoshidagi barcha turdagi yo`lovchi tashish transportlari faoliyatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamentlari vakillari ham taklif etiladilar.
Tadbirda kun tartibiga ko`ra seminarning birinchi kuni quyidagi masalalar ko`rib chiqiladi:
- 2009 yilda avtomobil transporti sohasida yo`l harakati xavfsizligini tashkil etish maqsadli Dasturi haqida (O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash bilan bog`liq vakolatlari doirasida).
- Litsenziya talab va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish. Yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash chora-tadbirlari.
- Umumiy foydalanishdagi avtomobil tashuvlari bilan mashg`ul yuridik shaxslar xodimlari va xususiy tadbirkorlarga yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash bo`yicha qo`yiladigan malakaviy talablar haqida.
- Paxta mavsumiga avtotransport vositalarini tayyorlash jarayoni to`g`risida va boshqa masalalar.
Shuningdek, seminar doirasida Agentlik hududiy bo`limlari mas`ul xodimlari bilan suhbat o`tkazish va ularning faoliyatini baholash ishlari ham ko`zda tutilgan.
O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati








