rus     eng     o'zb  
 
 
Sayt xaritasi Aloqa RSS
 
O`ZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYO TRANSPORTI AGENTLIGI
 
 
Bosh sahifa
Yangiliklar
Biz haqimizda
Komissiyalar, kengashlar, qomitalar
Litsenziyalash
Me`yoriy baza
Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari
Qo`shimcha interaktiv xizmatlar
Malakaviy talablar
Tenderlar
Tadbirlar
Avtotransport xizmati fakt va raqamlarda
Xalqaro munosabatlar


Navbatdagi Hay`at yig`ilishi
03.11.2008 / 435 marta o`qilgan
2008 yilning 7 noyabr kuni O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Hay`atining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tadi.

Yig`ilish kun tartibidan quyidagi masalalar o`rin olgan:
  • O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 17 oktyabrda o`tkazilgan "Joriy yilning 9 oyida Respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda Hukumatning 2008 yil 8 fevral va 18 iyuldagi majlislarida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan belgilab berilgan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning ustivor vazifalarini so`zsiz bajarishni ta`minlashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi majlisi haqida;
  • O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari Axborot-tahlil departamentining 2008 yil 10 oktyabr` kuni o`tkazilgan "2008 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustivor yo`nalishlari, hududlarda va Kompleks sohalarida 2008 yilning yanvar-sentyabr oylarida prognoz ko`rsatkichlarining bajarilishi va joriy yilning II yarim yilligini ijobiy ko`rsatkichlar bilan yakunlash uchun amalga oshiriladigan ishlar to`g`risida"gi majlisi haqida;
  • O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining 2008 yil yanvar - sentyabr oylaridagi ish yakunlari;
  • 2008 yilning "Yoshlar yili" deb e`lon qilinishi munosabati bilan Agentlikda amalga oshirilayotgan ishlar haqida;
  • O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligida ijro intizomini ta`minlash borasida olib borilayotgan ishlar haqida.
Yig`ilish kun tartibidan yana boshqa bir qancha masalalar ham o`rin olgan.

Hay`at yig`ilishiga O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Hay`ati a`zolari, Agentlikning barcha bo`limlari, xizmatlari va idoralari rahbarlari, hududiy bo`limlar boshliqlari taklif etilgan.

Sayt bo`yicha qidirish:


Подробнее на www.nbu.com


 
 

© O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, 2010

UZINFOCOM ишланмаси, Sayt boshqaruv tizimi MANAGER   DATACENTER UZINFOCOM