24.07.2008 / 559 marta o`qilgan
2008 yilning 30 iyul kuni O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi hay`atining 2008 yil yanvar - iyun oylaridagi Agentlik ish faoliyati yakunlariga bag`ishlangan navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tadi.
Yig`ilish kun tartibidan qator masalalar o`rin olgan bo`lib, unda xususan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 18 iyulda o`tkazilgan "2008 yilning I yarim yilligida Respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, maqsadli kompleks dasturlar, Investitsiya dasturi, iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash dasturlari bajarilishi yakunlari hamda 2008 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng ustuvor vazifalari amalga oshirilishini ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida"gi majlisi hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamentining 2008 yilning 8 iyul kuni o`tkazilgan "2008 yilda iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo`nalishlari, hududlarda va Kompleks sohalarida 2008 yilning yanvar-iyun oylarida prognoz ko`rsatkichlarining bajarilishi va joriy yilning II yarim yilligini ijobiy ko`rsatkichlar bilan yakunlash uchun amalga oshiriladigan ishlar to`g`risida"gi majlisidan kelib chiqadigan vazifalar muhokamasi ko`zda tutilgan.
Hay`at yig`ilishi kun tartibidagi asosiy masalalardan biri sifatida O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining 2008 yil yanvar - iyun oylaridagi ish yakunlarini ko`rib chiqib, II yarim yillik uchun vazifalarni ham belgilab olada. Shuningdek, 2008 yilning mamlakatimizda "Yoshlar yili" deb e`lon qilinishi munosabati bilan O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko`rib chiqiladi.
Yig`ilish kun tartibidan Agentlikda ijro intizomini ta`minash yuzasidan olib borilayotgan ishlar va yana boshqa bir qancha masalalar ham o`rin olgan.
Hay`at yig`ilishiga O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Hay`ati a`zolari, Agentlikning barcha bo`limlari, xizmatlari va idoralari rahbarlari, hududiy bo`limlar boshliqlari taklif etilgan.