2009 yil 6 may kuni O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi majlislar zalida Agentlik Hay`atining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tadi. Unda Agentlik Hayati a`zolari, Agentlikning barcha bo`limlari, xizmatlari va idoralari rahbarlari, hududiy bo`limlari boshliqlari ishtirok etadilar.
Yig`ilishda, kun tartibiga ko`ra, quyidagi masalalarning ko`rib chiqilishi ko`zda tutilgan:
- O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 2 maydagi "Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumanida sodir bo`lgan yo`l-transport hodisasining sabablarini o`rganish yuzasidan Maxsus komissiya tuzish to`g`risida"gi 129-sonli Qarori mazmun-mohiyati;
- O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi va uning hududiy bo`limlarida tadbirkorlik va xususiy mulk egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etish bo`yicha o`tkazgan tekshiruvi natijalari;
- O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining 2009 yil I choragidagi ish yakunlari va boshqa masalalar.








