O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi 15 mart kuni soat 11.30 da Farg`ona shahrida (Qomus ko`chasi, 31-A uy, Farg`ona shahar san`at kolleji binosi) matbuot anjumani o`tkazadi.
Avval ham ma`lum qilinganidek, O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tashabbusi bilan hamda O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Soliq siyosati boshqarmasi hamkorligida joylarda avtotransport xizmati ko`rsatish bilan shug`ullanayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari uchun "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili Davlat dasturi"ning maqsad va vazifalari, amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan tadbirlar hamda 2011 yilda soliq va buxgalteriya hisobotlarini yuritishga hamda avtotransport sohasiga oid qonunchilikdagi yangiliklar va o`zgarishlarga bag`ishlangan hududiy seminar-kengashlar bo`lib o`tmoqda.
Ushbu tadbir joriy yilning 26 fevralida Qoraqalpog`iston Respublikasida boshlanib, o`tgan davrda Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlari tadbirkorlari uchun Samarqand shahrida, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari tadbirkorlari uchun Qarshi shahrida, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari tadbirkorlari uchun Guliston shahrida, Toshkent shahri va Toshkent viloyati tadbirkorlari uchun Toshkent shahrida, Xorazm viloyati tadbirkorlari uchun Urganch shahrida bo`lib o`tdi. Farg`ona, Andijon va Namangan viloyatlari tadbirkorlari uchun Farg`ona shahrida tashkil etiladigan seminar-kengash esa mazkur tadbirning yakuni hisoblanadi.
Shu munosabat bilan tadbir oldidan o`tkaziladigan matbuot anjumani mazkur seminar-kengashlarning mazmun-mohiyati hamda avtotransport sohasidagi islohotlar jarayoniga bag`ishlanadi.
O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati








