2011-yil 16-aprelda O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Hay’atining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Unda Agentlik hay’ati a’zolari, Agentlikning Markaziy apparati bo‘limlari va xizmatlari, barcha hududiy bo‘limlari boshliqlari ishtirok etadilar.
Hay’at yig‘ilishining Kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 15-apreldagi “2011-yilning I choragida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari to‘g‘risida”gi majlisi haqida (Agentlik boshlig‘i A.Abduvaliev ma’lumoti).
- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamentining 2011-yil 5-aprelda o‘tkazilgan “2011-yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim va ustivor vazifalarining amalga oshirilishi va I chorak yakunlariga ko‘ra belgilangan prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishi hamda II chorakda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi majlisi haqida (Agentlik boshlig‘i A.Abduvaliev ma’lumoti).
- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida 2011-yil 28-martda o‘tkazilgan “Toshkent shahrida yo‘lovchi tashish transporti ishini rivojlantirish, transport xizmati ko‘rsatish madaniyati va sifatini yaxshilash, jumladan, yo‘lovchi tashish transportida yo‘lkira to‘lovining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish, transport korxonalarining moddiy-texnik bazasini mutahkamlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida “Toshshahartransxizmat” uyushmasi raisining hisoboti to‘g‘risida”gi majlis haqida (Agentlik boshlig‘i A.Abduvaliev ma’lumoti).
- O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining 2011-yil yanvar — mart oylaridagi ish yakunlari to‘g‘risida (Agentlik boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Shovahobov ma’lumoti).
- Agentlik vazifalaridan kelib chiqadigan boshqa masalalar.
O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati








