O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tashabbusi bilan hamda O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Soliq siyosati boshqarmasi hamkorligida joriy yilning fevral-mart oylarida joylarda avtotransport xizmati ko`rsatish bilan shug`ullanayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari uchun "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili Davlat dasturi"ning maqsad va vazifalari, amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan tadbirlar hamda 2011 yilda soliq va bugalteriya hisobotlarini yuritishga hamda avtotransport sohasiga oid qonunchilikdagi yangiliklar va o`zgarishlarga bag`ishlangan hududiy seminar-kengashlar rejalashtirilgan.
Tadbirda O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O`zbekiston Respublikasi Oliy xo`jalik sudi mas`ul xodimlari, mahalliy hokimliklar, IIB YHXB, Soliq va Moliya boshqarmalari vakillari, Respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etadilar.
2011-yilda joylarda hududiy seminar-kengashlar o`tkazish JADVALI |
| № т/б | Hududlar | Seminar o`kaziladigan joy, ishtirokchilarning umumiy soni | Seminar o`tkaziladigan vaqt |
| 1 | Qoraqalpog`iston R. Xorazm vil. | Nukus sh. 200 kishi. | 2011-yil 26-fevral Soat 11-00 da |
| 2 | Samarqand vil. Buxoro vil. Navoiy vil. | Samarqand sh. 200 kishi. | 2011-yil 4-mart Soat 11-00 da |
| 3 | Qashqadaryo vil. Surxondaryo vil. | Qarshi sh. 130 kishi. | 2011-yil 5-mart Soat 11-00 da |
| 4 | Sirdaryo vil. Jizzax vil. | Guliston sh. 110 kishi. | 2011-yil 10-mart Soat 11-00 da |
| 5 | Toshkent sh. Tashkent vil. | Toshkent sh. 160 kishi. | 2011-yil 11-mart Soat 10-00 da |
| 6 | Namangan vil. Farg`ona vil. Andijon vil. | Farg`ona sh. 200 kishi. | 2011-yil 15-mart Soat 12-00 da |








