rus     eng     o'zb  
 
 
Sayt xaritasi Aloqa RSS
 
O`ZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYO TRANSPORTI AGENTLIGI
 
 
Bosh sahifa
Yangiliklar
Biz haqimizda
Komissiyalar, kengashlar, qomitalar
Litsenziyalash
Me`yoriy baza
Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari
Qo`shimcha interaktiv xizmatlar
Malakaviy talablar
Tenderlar
Tanlovlar
Tadbirlar
Avtotransport xizmati fakt va raqamlarda
Xalqaro munosabatlar
uForum


AVTOTRANSPORTDA  YUK  VA  YO`LOVCHI  TASHISH  FAOLIYATI  BILAN  SHUG`ULLANUVCHI  AVTOTRANSPORT  VOSITALARINING  LITSENZIYALANGANLIGINI  MA`LUMOTLAR  BAZASIDAN  TEKSHIRISH

Hurmatli saytimiz mehmoni!
Bazamizda avtotransport faoliyati ko`rsatish huquqi uchun litsenziya olgan barcha avtotransport vositalari to`g`risida ma`lumotlar bor. Siz xohlagan avtotransport vositasi davlat belgisini kiritib, uning bazada bor-yo`qligini tekshirib olishingiz mumkin.

Agar qidiruv tizimi rad javobini bersa, bilingki, bu avtotransport vositasi tijorat maqsadida yo`lovchi yoki yuk tashish huquqiga ega emas.

Agar qidiruv tizimida jadval paydo bo`lsa-yu, yozuvlarning ustiga chiziq tortilganini ko`rsangiz, bilingki, bu transport vositasi litsenziya olgan, ammo ayni paytda uning muddati tugagan, ya`ni bu avtotransport vositasi ham tijorat maqsadida yo`lovchi yoki yuk tashish huquqiga ega emas.

IZOH: Qidiruv tizimiga avtotransport vositasi davlat belgisining barcha harflari va raqamlarini to`liq va uzulishsiz ketma-ketlikda (probilsiz) kiriting. Aks holda qidiruv rad javobini beradi. Harflarning katta-kichikligi ahamiyatga ega emas.

Bazadan qidiruv bu yerda.

Ushbu bazadan uyali telefon orqali ham internetga ulanib foydalanishingiz mumkin — www.avto.uzaart.uz

Bazaga SMS orqali ham so`rov jo`natishingiz mumkin. Buning uchun 5500 raqamiga avtomobilning davlat raqamini yuborsangiz kifoya, qisqa muddatda ushbu avtomobilning litsenziya muddati, qaysi korxonaga yoki jismoniy shaxsga tegishli ekani, agar tender guvohnomasiga ega bo`lsa, guvohnoma muddati va qaysi yo`nalishda ishlash huquqi berilgani haqidagi ma`lumotlarni olasiz. Agar "Bu raqam ma`lumotlar bazasida topilmadi" degan xabar kelsa, bilingki, bu avtomobil litsenziyaga ega emas.


Shuningdek, Agentlik ma`lumotlar bazasidan tegishli yo`nalishlar bo`yicha kenroq foydalanish imkoni ham mavjud. Buning uchun Agentlikda alohida ro`xatdan o`tib, tegishli login va parolga ega bo`lish lozim.

Sayt bo`yicha qidirish:



 
 

© O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, 2012

UZINFOCOM ишланмаси, Sayt boshqaruv tizimi MANAGER   DATACENTER UZINFOCOM