rus     eng     o'zb  
 
 
Sayt xaritasi Aloqa RSS
 
O`ZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYO TRANSPORTI AGENTLIGI
 
 
Bosh sahifa
Yangiliklar
Biz haqimizda
Komissiyalar, kengashlar, qomitalar
Litsenziyalash
Me`yoriy baza
Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari
Qo`shimcha interaktiv xizmatlar
Malakaviy talablar
Tenderlar
Tanlovlar
Tadbirlar
Avtotransport xizmati fakt va raqamlarda
Xalqaro munosabatlar
uForum


AVTOTRANSPORT FAOLIYATIGA LITSENZIYA OLISH UCHUN YURIDIK SHAXSLAR TOMONIDAN TAQDIM ETILADIGAN HUJJATLAR RO`YXATI:

1. Litsenziya berish to`g`risidagi ariza quyidagi ma`lumotlar bilan:
  • yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli;
  • joylashgan joyi (pochta manzili);
  • bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqamii
  • faoliyatning litsenziyalanadigan turi (yoxud uning bir qismi) va faoliyatning mazkur turi amalga oshiriladigan muddat.
2. Yuridik shaxsning davlat ro`yxatidan o`tkazilganligi to`g`risidagi guvohnomaning nusxasi.

3. Mavjud avtotransport vositalarining mulk huquqi, boshqa ashyoviy huquqlar yoki ijara shartnomalari to`g`risidagi ma`lumotlari.

4. Yo`l harakati xavfsizligi davlat xizmatining tegishli bo`linmasi tomonidan berilgan  avtotransport vositasi texnik  jihatdan soz ekanligi to`g`risida belgi qo`yilgan  avtotransport vositasi texnik pasportining yoki avtotransport vositalari guruhi texnik ko`rikdan o`tkazilganligi dalolatnomasining nusxasi.

5. Litsenziya talabgorida haydovchilarni tibbiy ko`rikdan va avtotransport vositalarini texnik ko`rikdan o`tkazish yoxud  litsenziya talabgorining tegishli ixtisoslikdagi tashkilot bilan unga  tibbiy ko`rik va texnik  ko`rikdan o`tish imkoniyati berilishi to`g`risidagi shartnomasi nusxasi mavjudligi haqidagi ma`lumotlar;

6. Yuridik shaxsning yo`l xarakati xavfsizligi ta`minlanishi uchun mas`ul bo`lgan mansabdor shaxslarining tegishli attestatsiyadan o`tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari; 

7. Yuridik shaxs xodimlari malakasining belgilangan talablar va shartlarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari;

8. Litsenziya talabgori tomonidan ariza ko`rib chiqilishi uchun yig`im to`langanligini tasdiqlovchi xujjat:
Ariza ko`rib chiqilishi uchun yig`im arizada ko`rsatilgan avtotransport vositasi soniga qarab O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagicha undiriladi:
  • o`ntagacha avtotransport vositasidan foydalanuvchilardan - eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida,
  • o`nta va undan ortiq avtotransport  vositalaridan foydalanuvchilardan - eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida.
Arizani ko`rib chiqish uchun yig`im quyidagi hisob raqamiga to`lanadi:
h/r: 20210000300745005001, AKB "Ipotekabank" Chilonzor filiali, bank kodi: 00997, STIR: 202811527, tarmoq kodi: 97300.

Litsenziya berish haqida qaror qabul qilinganidan keyin quyidagi hisob raqamiga davlat boji to`lanadi:
maxsus h/r: 20210000300745005053, AKB "Ipotekabank" Chilonzor filiali, bank kodi: 00997, STIR: 202811527, tarmoq kodi: 97300.

9. Avtotransport vositasida o`rnatilgan nazorat pribori (taxograf)ning sertifikati.

10. Haydovchining maxsus "Xalqaro tashuvlarni amalga oshirish va tashkil etish" dasturini o`qiganligi to`g`risidagi sertifikat.




_____________________________
Yangilangan sana: 12.10.2011 16:55

Sayt bo`yicha qidirish:



 
 

© O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, 2012

UZINFOCOM ишланмаси, Sayt boshqaruv tizimi MANAGER   DATACENTER UZINFOCOM