|
 |
AVTOTRANSPORT FAOLIYATI TURLARIGA LITSENZIYA OLISH UCHUN TAQDIM ETILADIGAN HUJJATLAR RO`YXATI
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-iyuldagi 138-son qarori bilan tasdiqlangan “Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida"gi nizomning 10-bandiga asosan avtotransport faoliyati turlariga litsenziya olish uchun litsenziya talabgori quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
- a) yuridik shaxs uchun — yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami; jismoniy shaxs uchun yuk tashish huquqiga litsenziya olishda — familiyasi, ismi, otasining ismi, pasportga oid ma’lumotlar va haydovchilik guvohnomasi; faoliyatning litsenziyalanadigan turi (yoxud uning bir qismi) va faoliyatning mazkur turi amalga oshiriladigan muddat ko‘rsatilgan holda litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza;
- b) yuridik shaxs uchun — yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning tasdiqlangan nusxasi; jismoniy shaxs uchun yuk tashish huquqiga litsenziya olishda — yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
- v) mavjud avtotransport vositalarining mulk huquqi, boshqa ashyoviy huquqlar yoki ijara shartnomalari to‘g‘risidagi ma’lumotlari, shuningdek Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmatining tegishli bo‘linmasi tomonidan berilgan avtotransport vositasining texnik jihatdan soz ekanligi to‘g‘risida belgi qo‘yilgan avtotransport vositasi texnik pasportining yoki avtotransport vositalari guruhi texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi dalolatnomasining nusxasi;
- g) litsenziya talabgorida haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan va avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish yoxud litsenziya talabgorining tegishli ixtisoslikdagi tashkilot bilan unga tibbiy ko‘rik va texnik ko‘rikdan o‘tish imkoniyati berilishi to‘g‘risidagi shartnomasi nusxasi mavjudligi haqidagi ma’lumotlar;
- d) yuk tashish huquqiga litsenziya olishda yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs xodimlari malakasining belgilangan talablar va shartlarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari;
- e) yuridik shaxslar uchun — yuridik shaxsning yo‘l harakati xavfsizligi ta’minlanishi uchun mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslarining tegishli attestatsiyadan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari;
- j) litsenziya talabgori tomonidan ariza ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.
_____________________________ Yangilangan sana: 08.04.2012 17:15
|
|
|
|