|
 |
ELECTRON POCHTA ORQALI ARIZA BERISH TARTIBI
Avtotransport faoliyati uchun litsenziya olish, Malakaviy talablarga ro`ra attestatsiyadan o`tis uchun beriladigan arizalar hamda tender tanlovida ishtirok etish uchun hujjatlar paketiga buyurtmalarni Agentlikka elektron pochta orqali ham yuboris mumkin.
Litsenziya olish uchun elektron pochta orqali ariza berish tartibi
Saytimizning
“Hujjatlar shakllari” bo`limida litsenziya olish uchun yoziladigan
arizaning elektron shakli va arizaga ilova qilinadigan hujjatlar
ro`yxati joylashtirilgan bo`lib, agar Siz litsenziya da`vogari
bo`lsangiz, ariza hamda arizaga ilova qilinadigan hujjatlarning
nusxalarini elektron pochta orqali litsenziya@uzaart.uz manziliga
yuborish imkoniyatiga egasiz. Shunda jarayon quyidagi tartibda davom
etadi:
- Litsenziyalash bo`limi xodimi tomonidan ushbu
hujjatlarning qanchalik to`liq ekanligi o`rganib chiqiladi va
hujjatlarning aslini yuborish mumkinligi to`g`risidagi xulosalar yoki
kamchiliklarni tuzatish bo`yicha takliflar yana elektron pochta orqali
Sizga qaytariladi;
- Siz hujjatlar to`liq ekanligi haqidagi
xabarni olsangiz, hujjatlarning asl nusxalarini o`z kur`eringiz orqali
Agentlik hududiy bo`limidagi kur`erga jo`natib, bu haqda elektron
pochta orqali Agentlikka ma`lum qilishingiz kerak bo`ladi;
- Agentlik
hududiy bo`limidagi kur`er hujjatlarning asl nusxalarini Agentlikka
topshirishi bilan bu haqdagi ma`lumot bazaga kiritilib, ayni paytda
Sizning elektron pochtadagi xatingizga javob tariqasida ma`lum qilinadi
va hujjatlar Agentlikning Litsenziyalash bo`yicha komissiyasiga
kiritiladi;
- Hujjatlar komissiyadan chiqqach, Komissiyaning
litsenziya berish haqidagi xulosasi, litsenziya olish uchun qancha
miqdordagi bojni qaysi hisobga o`tkazish kerakligi va litsenziyani olib
ketish uchun Agentlik hududiy bo`limi kur`eriga ishonchnoma berish
mumkinligi haqidagi ma`lumotlar yoki litsenziya berish rad etilganligi
to`g`risidagi xulosa Sizning elektron pochtangizga yuboriladi.
- Komissiyaning
litsenziya berish haqidagi xulosasi ayni paytda Buxgalteriyaga ham
yuboriladi. Buxgalteriyada "Bank-Mijoz" dasturi yordamida tegishli
bojlarning tushganligi qayd etilishi bilan bu haqda Litsenziyalash
bo`limiga ma`lum qilinadi.
- Boj undirilgach, Litsenziya
bo`limida tegishli litsenziyani berish haqidagi ma`lumotlar bazaga
kiritiladi va dastur orqali ushbu litsenziya blankaga chop etilib,
Agentlik hududiy bo`limi kur`eriga ishonchnomaga asosan topshiriladi
hamda bu haqda Sizning elektron pochtangizga xabar yuboriladi.
- Siz
litsenziyani olganligingiz haqida Agentlik pochtasiga xabar
jo`natishingiz lozim. Agar litsenziya Sizga yetib kelmasa, bu haqda 3
ish kunidan kechikmay xabar berishingiz lozim. Aks holda bazaga
litsenziya yetib borganligi qayd etib qo`yiladi.
XUDDI SHU TARTIBDA:
Attestatsiyadan o`tish uchun arizani attestatsiya@uzaart.uz elektron pochta manziliga
Tender tanlovida ishtirok etish uchun hujjatlar paketiga buyurtmani tender@uzaart.uz elektron pochta manziliga yuborishingiz mumkin!
|
|
|
|