rus     eng     o'zb  
 
 
Sayt xaritasi Aloqa RSS
 
O`ZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYO TRANSPORTI AGENTLIGI
 
 
Bosh sahifa
Yangiliklar
Biz haqimizda
Komissiyalar, kengashlar, qomitalar
Litsenziyalash
Me`yoriy baza
Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari
Qo`shimcha interaktiv xizmatlar
Malakaviy talablar
Tenderlar
Tanlovlar
Tadbirlar
Avtotransport xizmati fakt va raqamlarda
Xalqaro munosabatlar
uForum


AVTOTRANSPORT FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISH VA BOSHQARISH TARTIBI

Avtomobil transporti faoliyatini Davlat tomonidan tartibga solish sertifikatlash, litsenziyalash, soliqqa tortish, ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lgan tashuvlar uchun tariflarni shakllantirish, yagona ilmiy-texnik siyosat yuritish, shuningdek, qonunchilikda ko`zda tutilgan boshqa shakllarda amalga oshiriladi.

Avtomobil transportini Davlat tomonidan boshqarish O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan avtomobil transportini boshqarish vakolati berilgan organ, shuningdek, joylardagi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.

O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi avtomobil va daryo transporti sohasida tashkiliy va institutsional o`zgarishlarni hal etish, xizmatlar bozorini shakllantirish va rivojlantirishda hamkorlik qilish va tashuvlar xavfsizligi bo`yicha maxsus vakolatli davlat boshqaruv organi hisoblanadi. 

Avtomobil transportini boshqaruvchi davlat organining asosiy vakolatlari quyidagilardan iborat:
  • avtomobil transportida yuk va yo`lovchilar tashishni tashkil etish va takomillashtirish bo`yicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish;
  • avtomobil va transportini rivojlantirish bo`yicha milliy dastur konsenpsiyasini ishlab chiqish;
  • respublika va aholining tashuvlarga bo`lgan davlat ehtiyojlari taxminini ishlab chiqish;
  • avtomobil transporti sohasida yagona sarmoyaviy, ilmiy-texnik va ijtimoiy siyosati shakllantirish va o`tkazish;
  • avtotransport xizmatlari bozorini shakllantirish va rivojlantirishda hamkorlik qilish;
  • avtomobil transportida yo`lovchilar, bagaj va yuklarni tashishni litsenziyalashni tashkil etish va takomillashtirish;
  • tashuvchilar va mijozlarning huquq va manfaatlarini shimoya qilish;
  • avtomobil transporti sohasida kadrlarni o`qitish va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
  • avtomobil transporti to`g`risidagi qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilish;
  • avtomobil transporti soqasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
Avtomobil transporti sohasini boshqaruvchi davlat organi qonunchilik doirasida boshqa vakolatlarga ham ega bo`lishi mumkin.

Mahalliy davlat shokimiyati organlarining avtomobil transporti sohasidagi asosiy vakolatlari quyidagilardan iborat:
  • avtomobil transportini rivojlantirishning kompleks mintaqaviy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • avtotransport xizmatlari bozorini shakllantirish va rivojlantirish,  mulkchilikning barcha shakllaridagi avtomobilda tashuvchilar uchun teng shart-sharoitlarni yaratish bo`yicha hamkorlik qilish;
  • avtomobil transportining moddiy-texnik va ijtimoiy bazasini mustahkamlashda hamkorlik qilish.
Mahalliy davlat shokimiyati organlari avtomobil transporti sohasida qonunchilik doirasida boshqa vakolatlarga ham ega bo`lishi mumkin.

Avtotransport vositalari xavfsizlik, mehnat muhofazasi, ekologiya talablariga, shuningdek, standartlar va texnik shartlarga, tibbiy-sanitar hamda yong`inga qarshi me`yorlarga mosligi to`g`risidagi sertifikatlarga ega bo`lishi kerak.

Avtotransport vositalarini standartlash, metrologiyasini amalga oshirish va sertifikatlashga doir ishlarni tashkil etish, muvofiqlashtirish  va ta`minlash O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi O`zbekiston Davlat standartlash, metrologiya va sertifikatlash markazi hamda qonunchilik doirasidagi boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Sertifikatlanmagan va belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tmagan avtotransport vositalari foydalanishga qo`yilmaydi.

Tashuvchilar tomonidan avtomobil tashuvlari maxsus ru`satnoma (litsenziya) asosida amalga oshiriladi.

Avtomobilda tashuvlarni amalga oshirish uchun litsenziya berish tartibi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi (O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 14 iyuldagi "Avtomobil transportida yo`lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo`nalishlar bo`yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi  138-sonli qarori).




_____________________________
Yangilangan sana: 25.08.2010 21:13

Sayt bo`yicha qidirish:



 
 

© O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, 2012

UZINFOCOM ишланмаси, Sayt boshqaruv tizimi MANAGER   DATACENTER UZINFOCOM