rus     eng     o'zb  
 
 
Sayt xaritasi Aloqa RSS
 
O`ZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYO TRANSPORTI AGENTLIGI
 
 
Bosh sahifa
Yangiliklar
Biz haqimizda
Komissiyalar, kengashlar, qomitalar
Litsenziyalash
Me`yoriy baza
Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari
Qo`shimcha interaktiv xizmatlar
Malakaviy talablar
Tenderlar
Tanlovlar
Tadbirlar
Avtotransport xizmati fakt va raqamlarda
Xalqaro munosabatlar
uForum


O`ZBEKISTON  YANGILIKLARI

Qaror ijrosi so‘zsiz ta’minlanishi lozim

11.10.2011 / 174 marta o`qilgan

Qashqadaryo viloyat hokimligida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-maydagi 139-son qarori ijrosini ta’minlashga bag‘ishlangan seminar-yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining Qashqadaryo hududiy bo‘limi bilan birga viloyatdagi boshqa mutasaddi idora va tashkilotlar mas’ul xodimlari, tumanlar hokimlari o‘rinbosarlari hamda viloyatdagi yo‘lovchi tashish faoliyatini amalga oshirib kelayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar rahbarlari ishtirok etgan ushbu seminar-yig‘ilishda hukumat qarorining ijrosini ta’minlash bo‘yicha viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar Qarshi shahri va tumanlar kesimida tahlil qilindi.

Tadbirda so‘zga chiqqan O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi hududiy bo‘limi boshlig‘i T.Xoliqov yo‘nalishsiz taksilar xizmatini 2012-yilning 1-yanvaridan kuchga kiradigan talablarga mos holatga keltirish borasida amalga oshirilgan ijobiy ishlar to‘g‘risida ma’ruza qilar ekan, bu borada Qamashi, G’uzor va Chiroqchi tumanlarida tayyorgarlik ko‘ngildagidek emasligini ham ta’kidlab o‘tdi. Shunga ko‘ra tadbirda mazkur tumanlar hokim o‘rinbosarlari va tashuvchi korxonalar rahbarlariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, seminar-yig‘ilish davomida yo‘nalishsiz taksilar uchun maxsus to‘xtash joylari barpo etilishi, taksilarni qarorda belgilab berilganidek sariq rangga bo‘yash hamda boshqa ichki va tashqi taniqlik belgilari bilan jihozlash borasida qo‘shimcha tushuntirish ishlari olib borilib, seminar ishtirokchilarining bu boradagi savollariga ham atroflicha javoblar berildi.

Tadbir so‘ngida Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori ijrosi o‘z vaqtida so‘zsiz ta’minlanishi uchun amalga oshiriladigan aniq choralar belgilab olindi va bu borada mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Seminar-yig‘ilishni viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari E.Mamadiyorov olib bordi.

O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati

Sayt bo`yicha qidirish:



 
 

© O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, 2012

UZINFOCOM èøëàíìàñè, Sayt boshqaruv tizimi MANAGER   DATACENTER UZINFOCOM