O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 13 fevralda bo’lib o’tgan majlisida belgilab bergan 2009 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining ustuvor yo’nalishlari, shu jumladan, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi oqibatlarining oldini olish va ularni bartaraf etish bo’yicha Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida qabul qilingan kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishi joriy yilning birinchi yarmida iqtisodiyot va jamiyat ijtimoiy hayotini barqaror, muvozanatli rivojlantirishni, iqtisodiy o’sishning barqaror yuqori sur’atlarini ta’minladi.