rus     eng     o'zb  
 
 
Sayt xaritasi Aloqa RSS
 
O`ZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYO TRANSPORTI AGENTLIGI
 
 
Bosh sahifa
Yangiliklar
Biz haqimizda
Komissiyalar, kengashlar, qomitalar
Litsenziyalash
Me`yoriy baza
Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari
Qo`shimcha interaktiv xizmatlar
Malakaviy talablar
Tenderlar
Tanlovlar
Tadbirlar
Avtotransport xizmati fakt va raqamlarda
Xalqaro munosabatlar
uForum


O`ZBEKISTON  YANGILIKLARI

Mamlakatimiz hududida yer silkinishi qayd etildi

20.07.2011 / 213 marta o`qilgan

“Toshkent” seysmik stansiyasining ma’lumotiga ko‘ra, 2011 yil 20 iyul tungi soat 00.35da mamlakatimiz hududida yer silkinishi qayd etildi. Zilzila episentri Toshkent shahridan 235 kilometr uzoqlikda, janubi-sharqiy yo‘nalishda, Qirg‘iziston Respublikasi hududida joylashgan bo‘lib, u yerda yer silkinish magnitudasi 7-8 ballni tashkil etgan.

Yerning silkinish kuchi Andijon va Farg‘ona viloyatlarida 5 ball, Namangan viloyatida 4 ball, Toshkent shahrida esa 5 ball darajasida qayd etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila oqibatida Farg‘ona viloyatining Rishton, Bag‘dod va O‘zbekiston tumanlarida ayrim eski uy-joylarga shikast yetgan. Buning oqibatida 13 nafar fuqaro halok bo‘lgan, jarohat olganlardan 86 nafariga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, ularning 35 nafari shifoxonalarga yotqizilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning topshirig‘iga binoan respublika hukumati tomonidan tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish, jabr ko‘rganlarga har tomonlama yordam ko‘rsatish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Mamlakatimiz rahbariyati zilzila oqibatida halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildirdi.

O`zA.

Sayt bo`yicha qidirish:



 
 

© O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, 2012

UZINFOCOM èøëàíìàñè, Sayt boshqaruv tizimi MANAGER   DATACENTER UZINFOCOM