rus     eng     o'zb  
 
 
Sayt xaritasi Aloqa RSS
 
O`ZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYO TRANSPORTI AGENTLIGI
 
 
Bosh sahifa
Yangiliklar
Biz haqimizda
Komissiyalar, kengashlar, qomitalar
Litsenziyalash
Me`yoriy baza
Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari
Qo`shimcha interaktiv xizmatlar
Malakaviy talablar
Tenderlar
Tanlovlar
Tadbirlar
Avtotransport xizmati fakt va raqamlarda
Xalqaro munosabatlar
uForum


AVTOTRANSPORT  YANGILIKLARI

Taksilar talablarga mos bo‘lishi shart

14.01.2012 / 178 marta o`qilgan

O’zbekiston Respublikasi IIV Toshkent viloyati YHXB binosida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 18 maydagi “Yo‘nalishsiz taksilar faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 139-son qarori ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Toshkent viloyati YHX boshqarmasi, Toshkent viloyati Davlat soliq boshqarmasi, O’zbekiston avtomobil va daryo transport agentligining Toshkent viloyati hududiy bo‘limi, Toshkent viloyat hokimligi yo‘lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti rahbar va xodimlari, shuningdek, yo‘nalishsiz taksi xizmati bilan shug‘ullunuvchi tashuvchilar rahbarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda hukumat qarorida belgilangan talablarning Toshkent viloyatida bajarilishi, jumladan, yo‘nalishsiz taksilarning tashqi va ichki jihozlanishi, sariq rangga bo‘yalishi va ularga maxsus davlat raqam belgisi berilishi holati bo‘yicha mutasaddi idoralar vakillarining hisobotlari tinglanib, masala atroflicha muhokama etildi.

Yig‘ilishda amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jonlantirish, taksilar xizmatining qaror talablari doirasida to‘la shakllanishiga erishish bo‘yicha topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

O’zbekiston avtomobil va daryo transport agentligi Axborot xizmati

Sayt bo`yicha qidirish:



 
 

© O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, 2012

UZINFOCOM èøëàíìàñè, Sayt boshqaruv tizimi MANAGER   DATACENTER UZINFOCOM