rus     eng     o'zb  
 
 
Sayt xaritasi Aloqa RSS
 
O`ZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYO TRANSPORTI AGENTLIGI
 
 
Bosh sahifa
Yangiliklar
Biz haqimizda
Komissiyalar, kengashlar, qomitalar
Litsenziyalash
Me`yoriy baza
Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari
Qo`shimcha interaktiv xizmatlar
Malakaviy talablar
Tenderlar
Tadbirlar
Avtotransport xizmati fakt va raqamlarda
Xalqaro munosabatlar


AVTOTRANSPORT  YANGILIKLARI

Qo`qonda avtobus yo`nalishlaridan biri tiklandi

10.02.2010 / 257 marta o`qilgan

Qo`qon shahridagi 1-sonli avtobus yo`nalishi qaytadan tiklanib, Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan zamonaviy va qulay avtobular bilan aholiga arzon va sifatli transport xizmati ko`rsatila boshlandi.

Mazkur yo`nalishning qayta tiklanishiga "INVESTTRANS" ko`p tarmoqli xususiy savdo-ishlab chiqarish firmasi tomonidan lizing asosida xarid qilingan 10 dona "Isuzu" avtobuslari yordamida erishildi. Zero, bu korxona anchadan buyon yo`nalishli taksi yo`nalishlarida shahar aholisiga sifatli xizmat ko`rsatib, yo`lovchilarning va mutasaddilarning ishonchini qozonib kelmoqda. Shu bois yangi ochilgan avtobus yo`nalishi tender tanlovi o`tkazilgunga qadar, imkoniyatlarini hisobga olgan holda, aynan shu korxonaga biriktirib berildi.

Albatta shahardagi eng uzun va yo`lovchilar bilan gavjum avtobus yo`nalishlaridan biri bo`lgan mazkur yo`nalishda izchil xizmat ko`rsatish uchun 10 ta avtobus kamlik qiladi. Shu bois "INVESTTRANS" KTXSICHF mutasaddilari tez orada yana 10 ta "Isuzu" avtobusi xarid qilish harakatini boshlab yuborganlar. Bu esa korxonaning tender tanlovida g`alaba qozonish imkoniyatini yanada kengaytiradi.

Umuman, keyingi paytda Farg`ona viloyati va Qo`qon shahri hokimligi, O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining Farg`ona hududiy bo`limi va boshqa mutasaddi idoralar sa`y-harakati bilan Qo`qon shahrida avtotransport xizmatini yaxshilash, xususan sohaga yangi ulovlar olib kirish ishlari ancha jonlandi. Yaqinda "Tohir Klassik Trans" xususiy korxonasi tomonidan o`z mablag`lari hisobidan 15 dona "Matiz" rusumli yengil avtomobillar xarid qilinib, shahrda yengil taksi xizmati ko`rsatish uchun chiqarilgani ham ana shu ishlarning natijasidir.

O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati

Sayt bo`yicha qidirish:


Подробнее на www.nbu.com


 
 

© O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, 2010

UZINFOCOM ишланмаси, Sayt boshqaruv tizimi MANAGER   DATACENTER UZINFOCOM