Xorazm viloyatining Urganch shahri va barcha tumanlaridagi yirik avtokorxonalar qoshida kollejlar bitiruvchilari uchun o`quv-amaliyot xonalarini tashkil qilish ishlari boshlab yuborildi.
O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tashabbusi bilan hamda O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Soliq siyosati boshqarmasi hamkorligida Qoraqalpog`iston Respublikasida avtotransport xizmati ko`rsatish bilan shug`ullanayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari uchun "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili Davlat dasturi"ning maqsad va vazifalari, amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan tadbirlar hamda 2011 yilda soliq va bugalteriya hisobotlarini yuritishga hamda avtotransport sohasiga oid qonunchilikdagi yangiliklar va o`zgarishlarga bag`ishlangan hududiy seminar-kengash bo`lib o`tadi.
To`liq / 26 Fevral 2011 19:52 / 282 marta o`qilgan
Bugun O`zbekiston avtomobil va dar transporti agentligida Agentlikning 2010 yildagi faoliyati yakunlariga bag`ishlangan matbuot anjumani bo`lib o`tdi. Unda respublikamizning yetakchi matbuot nashlari hamda radio va teledasturlar muxbirlari ishtirok etdi.
To`liq / 18 Fevral 2011 13:11 / 273 marta o`qilgan
Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida avtotransport faoliyati bilan shug`ullanish istagida bo`lganlarni qonuniy, ya`ni litsenziya olib ishlashga chaqiruvchi bukletlar tayyorlanib, avtotransportlar gavjum bo`ladigan dehqon bozorlari atrofida va avtotransportlar turargohlarida haydovchilarga tarqatilmoqda.
To`liq / 17 Fevral 2011 19:10 / 244 marta o`qilgan
“Qoraqalpoqavtotrans” aksiyadorlik jamiyatining Shumanay shaharlararo transport korxonasi tomonidan Samarqandda ishlab chiqarilgan avtobuslar keltirilgan edi. Lizing asosida olingan ushbu zamonaviy avtobuslar "Shumanay-Nukus", "Shumanay-Qo‘ng‘irot", "Dehqonobod-Xo‘jayli", "Shumanay-Xo‘jayli" yo‘nalishlari bo‘yicha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsata boshladi.
To`liq / 10 Fevral 2011 10:54 / 285 marta o`qilgan
Xorazm viloyat hokimining qarori bilan joriy yilning 12 fevral kuni viloyatda Xorazm futbolini qo`llab-quvvatlash bo`yicha umumxalq hashari kuni deb e`lon qilindi. Shu munosabat bilan O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Xorazm hududiy bo`limi rahbarligida viloyat avtotransportchilari ham hasharchilar yordamida to`plangan maishiy chiqindilarni tashish ishida faol ishtirok etishni rejalashtirib oldilar.
To`liq / 09 Fevral 2011 19:53 / 267 marta o`qilgan
Farg`ona tumanidagi Avval qishlog`ida avtomobillarni ta’mirlash ustaxonasi va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini o‘z ichiga olgan avtoboshbekat majmuasi qurilib, foydalanishga topshirildi.
To`liq / 03 Fevral 2011 18:53 / 356 marta o`qilgan
Poytaxtimizda iqtisodiy tejamli, ekologik toza, texnik jihatdan xavfsiz
zamonaviy texnologiyalarni yurtimiz avtomobilsozligida qo‘llash
samaralariga bag‘ishlangan anjuman bo`lib o`tdi.
To`liq / 25 Yanvar 2011 20:28 / 438 marta o`qilgan
Qoraqalpog‘iston Respublikasida yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanayotgan transport tashkilotlarining rahbarlari hamda Ichki ishlar vazirligi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi vakillari ishtirokida uchrashuv bo`lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga muvofiq o‘tkazilayotgan Harakat xavfsizligi oyligi doirasida bo`lib o`tgan ushbu muhim tadbirda asosan oylik davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari haqida so‘z yuritildi.
To`liq / 12 Yanvar 2011 18:47 / 301 marta o`qilgan