O'zbekistonda mashinasozlik, yengil sanoat, ichki va tashqi savdo, transport xizmati ko'rsatish va sayyohlik sohalari bo'yicha Yaponiya bilan hamkorlikda 10 dan ortiq investision loyihalar amalga oshirilmoqda. Qo'shma loyihalarning samarasi sifatida Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarilayotgan «Isuzu» markali avtobuslar, yuk mashinalari, yuk ko'taruvchi kranlarini aytib o'tish mumkin.








