23.01.2012 / 102 marta o`qilgan
O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligida navbatdagi hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Agentlik hay’ati a’zolari, bo‘lim va xizmatlari, hududiy bo‘limlari boshliqlari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda avvalo O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 19 yanvardagi “2011 yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari to‘g‘risida”gi majlisi haqidagi, Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksining joriy yil 10 yanvarda o‘tkazilgan 2011 yil yakunlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishi haqidagi masala ko‘rib chiqildi.
Agentlik boshlig‘i A.Abduvaliev mazkur yig‘ilishlarda ko‘rib chiqilgan masalalarning mazmun-mohiyati, ulardan kelib chiqadigan vazifalar va bu vazifalarning ijrosini ta’minlash borasida sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar to‘g‘risida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.
Hay’at yig‘ilishidagi navbatdagi muhim masala sifatida O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining 2011 yildagi ish yakunlari to‘g‘risidagi ma’ruza tinglanib, erishilgan muvaffaqiyatlar bilan bir qatorda ayrim hududiy bo‘limlar faoliyatida sezilayotgan xato-kamchiliklar ham tanqid qilib o‘tildi. O’z navbatida ushbu nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli hududiy bo‘limlar boshliqlarining hisobotlari eshitilib, bu borada ularga qo‘shimcha ravishda topshiriq va ko‘rsatmalar ham berildi.
Bundan tashqari hay’at yig‘ilishida kun tartibidan joy olgan yana bir qator masalalar ham ko‘rib chiqildi.
O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati








