rus     eng     o'zb  
 
 
Sayt xaritasi Aloqa RSS
 
O`ZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYO TRANSPORTI AGENTLIGI
 
 
Bosh sahifa
Yangiliklar
Biz haqimizda
Komissiyalar, kengashlar, qomitalar
Litsenziyalash
Me`yoriy baza
Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari
Qo`shimcha interaktiv xizmatlar
Malakaviy talablar
Tenderlar
Tadbirlar
Avtotransport xizmati fakt va raqamlarda
Xalqaro munosabatlar


AVTOTRANSPORT  YANGILIKLARI

Jizzaxda yana to`rtta yangi yo`nalish

03.03.2010 / 158 marta o`qilgan

Jizzax viloyatida joriy yilning o`tgan qisqa davri mobaynida aholidan tushgan takliflarni inobatga olgan holda to`rtta yangi avtobus va yo`nalishli taksi yo`nalishlari ochilib, aholiga sifatli avtotransport xizmati ko`rsatila boshlandi.

Ayniqsa Adirabod  qishloq fuqarolar yig`inidan  Jizzax shahriga birvarakayiga ham  avtobus, ham yo`nalishli taksi yo`nalishlari ochilib, unda avtotransport xizmati ko`rsatishda yetarli tajribaga ega bo`lgan "Jizzaxsarbontrans" xususiy korxonasi ulovlari qatnay boshlagani adirobodliklar va yana bir qancha qo`shni qishloqlar aholisi uchun katta qulaylik yaratdi. 

Shuningdek, G`allaorol tumanida ochilgan "Naxroch - Jizzax avtoshohbekati" avtobus yo`nalishida "Jizzaxistiqloltrans" sho`ba korxonasiga qarashli,  "Jizzax temir yo`l bekati - Osiyo bozori" yo`nalishli taksi yo`nalishida esa "Hyp sher Usturushona" xususiy korxonasiga qarashli ulovlar qishloq fuqarolarining uzog`ini yaqin, og`irini yengil qilmoqda.

Shu o`rinda ta`kidlash lozimki,  yo`lovchi tashish xizmati sifatini yaxshilash maqsadida viloyat hududidagi barcha ishlayotgan va vaqtincha to`xtab qolgan yo`nalishlar o`rganib chiqildi. Mazkur monitoring natijalari asosida esa ishlab turgan yo`nalishlarda xizmat sifatini yaxshilash hamda vaqtincha ishlamayotgan  yo`nalishlarni qayta  tiklash bo`yicha muayyan chora-tadbirlar ko`riladi.

Shuningdek, monitoring natijasida viloyat hududida noqonuniy faoliyat ko`rsatayotgan avtotransport vositalari bo`yicha ham ma`lumotlar to`plandi. Ularga nisbatan o`z vaqtida tegishli qonuniy choralar ko`rish uchun esa doimiy ravishda reydlar o`tkazishga alohida e`tibor berilyapti. Zero, O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining Jizzax hududiy bo`limi tomonidan shahar va tumanlar hokimliklari, viloyat soliq boshqarmasi, viloyat IIB yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi hamda  Jizzax shahar yo`lovchi tashish Transport Departamenti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan bu kabi tadbirlar yakka tartibda ishlayotgan noqonuniy tashuvchilarning ham qonuniy faoliyat ko`rsatayotgan  korxonalar safiga qo`shilishiga olib keladi. Natijada avvalo noqonuniy faoliyatga chek qo`yilib, yo`lovchilarning xavfsizligi himoya qilinsa, boshqa tomondan yangi yo`nalishlar ochish uchun yana qo`shimcha imkoniyatlar paydo bo`lishi ham kutilmoqda.

O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati

Sayt bo`yicha qidirish:


Подробнее на www.nbu.com


 
 

© O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, 2010

UZINFOCOM ишланмаси, Sayt boshqaruv tizimi MANAGER   DATACENTER UZINFOCOM