rus     eng     o'zb  
 
 
Sayt xaritasi Aloqa RSS
 
O`ZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYO TRANSPORTI AGENTLIGI
 
 
Bosh sahifa
Yangiliklar
Biz haqimizda
Komissiyalar, kengashlar, qomitalar
Litsenziyalash
Me`yoriy baza
Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari
Qo`shimcha interaktiv xizmatlar
Malakaviy talablar
Tenderlar
Tadbirlar
Avtotransport xizmati fakt va raqamlarda
Xalqaro munosabatlar


AVTOTRANSPORT  YANGILIKLARI

Avtobus yo`nalishlari ko`paymoqda

12.02.2010 / 207 marta o`qilgan

Qashqadaryo viloyatidagi vaqtincha to`xtab turgan "Qarshi avtoboshbekati - Bo`lmas qishlog`i" avtobus yo`nalishi qayta tiklanib, aholiga sifatli va xavfsiz transport xizmati ko`rsatila boshlandi.

Mazkur yo`nalishda faoliyat ko`rsatish huquqini olish uchun o`tkazilgan tender tanlovida "Sharofiddin-Nurullo" xususiy firmasi g`olib chiqqan edi. Ayni paytda korxonaga qarashli "Isuzu" rusumli avtobuslar yo`lovchilarning uzog`ini yaqin qilishdek mas`uliyatli vazifani tender bitimida ko`zda tutilgan shartlarga muvofiq ado etmoqda.

Keyingi paytda Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan qulay va zamon talablariga mos "Isuzu" avtobuslari soni Qashqadaryo viloyatidagi boshqa yo`nalishlarda ham ko`paymoqda. Yaqinda "Qarshi avtoshohbekati - Nuriston" avtobus yo`nalishida ishlayotgan shunday avtobuslar safi yana ikkitaga boyidi. Ular mazkur yo`nalishda faoliyat ko`rsatish huquqiga ega bo`lgan "Nishon-132" MCHJ tomonidan xarid qilinib, yo`nalishga chiqarildi.  

Shu o`rinda aytish kerakki, o`tgan yilda "Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili" Davlat dasturi doirasida viloyat hokimligi, O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining Qashqadaryo hududiy bo`limi hamda boshqa mutasaddi idoralar sa`y-harakati bilan viloyatda qishloq aholisiga xizmat ko`rsatuvchi sakkizta avtobus yo`nalishi tiklanib, ushbu yo`nalishlarda 18 ta yangi "Isuzu" rusumli avtobuslar qatnovi yo`lga qo`yilgan edi.

Bu boradagi ishlar 2010 yilda ham izchil davom ettiriladi. Jumladan, yilning birinchi choragining o`zida viloyatda yana to`rtta avtobus yo`nalishini ochish rejalashtirilgan.

O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati

Sayt bo`yicha qidirish:


Подробнее на www.nbu.com


 
 

© O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, 2010

UZINFOCOM ишланмаси, Sayt boshqaruv tizimi MANAGER   DATACENTER UZINFOCOM