Respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan harakat xavfsizligi oyligi kunlarida Namangan viloyatida umumta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Yashil chiroq-2012” ko‘rik tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligida Agentlikning 2012-yil yanvar — mart oylari ish yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Urganch shahar hokimligi binosida Xorazm viloyatida “Harakat xavfsizligi oyligi”ni namunali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil I-choragi yakunlari to‘g‘risidagi majlisi hamda Agentlikning 2012-yil yanvar — mart oylaridagi ish yakunlariga bag‘ishlangan navbatdagi hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
“O’zekspomarkaz”da bo‘lib o‘tayotgan VI Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsion birjaning birinchi bosqichi – hududiy va tarmoqlar sanoat yarmarkalari doirasida O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligida joriy etilgan “SMS orqali ma’lumotlar bazasi bilan aloqa” interaktiv xizmati to‘g‘risida taqdimot bo‘lib o‘tdi.
Bugun Milliy matbuot markazida O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining “Mamlakatimizda yo‘nalishsiz taksi qatnovlarini tartibga solish borasidagi ustivor vazifalar, amaliyot va tajribalar” mavzuidagi matbuot anjumani o‘tkazildi.
Xorazm viloyatida bo‘lib o‘tgan “Umid nihollari-2012” sport musobaqalarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro va Xorazm viloyatlari mintaqaviy saralash final bosqichida avtotransportchilar tomonidan sifatli xizmat ko‘rsatilgani mehmonlar va tashkilotchilar tomonidan e’tirof etildi.
O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan tasdiqlangan “Raqamli nazorat qurilmalaridan foydalanish to‘g‘risidagi yo‘riqnoma” 2012 yilning 5 aprelidan kuchga kirdi.
O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan tasdiqlangan “Avtomobilda xalqaro tashishda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimlarini nazorat qilish uchun foydalaniladigan raqamli nazorat qurilmasi kartochkalari to‘g‘risidagi nizom” 2012-yilning 5-aprelidan kuchga kirdi.