29.11.2011 / 150 marta o`qilgan
O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligida “Yong‘in xavfsizligi oyligi” chora-tadbirlari boshlab yuborildi — Agentlik markaziy apparati va uning barcha bo‘limlari xodimlari o‘rtasida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha qo‘shimcha tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, Agentlikning har bir inshooti uchun yana bir bor mas’ul xodimlar biriktirib chiqildi.
Ushbu tadbirlar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 18 noyabrdagi 309-son qaroriga asosan amalga oshirilmoqda. Zero, hukumat qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘ining 190-son buyrug‘i chiqqan bo‘lib, mazkur buyruq bilan Agentlik tizimida “Yong‘in xavfsizligi oyligi”ni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan. Shuningdek, ushbu tadbirlarni ko‘ngildagidek tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha komissiya ham tuzilgan.
Chora-tadbirlar rejasidan targ‘ibot ishlarini davom ettirish, Agentlikning barcha bo‘limlaridagi binolarda yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha yo‘riqnomalarni va yong‘in paytida evakuatsiya qilish chizmalarini yangilash, barcha bo‘limlar binolarida zaruriy yong‘inni o‘chirish vositalari mavjudligini, binolarda chekish va elektr isitkichlardan foydalanish ta’qiqlanganligini, yong‘inni o‘chirish postlari talablar doirasida moslamalar bilan ta’minlanganligini qaytadan nazorat qilish va xato-kamchiliklar aniqlanishi bilan ularni batraraf qilish kabi tadbirlar ham o‘rin olgan.
O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati








