rus     eng     o'zb  
 
 
Sayt xaritasi Aloqa RSS
 
O`ZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYO TRANSPORTI AGENTLIGI
 
 
Bosh sahifa
Yangiliklar
Biz haqimizda
Komissiyalar, kengashlar, qomitalar
Litsenziyalash
Me`yoriy baza
Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari
Qo`shimcha interaktiv xizmatlar
Malakaviy talablar
Tenderlar
Tanlovlar
Tadbirlar
Avtotransport xizmati fakt va raqamlarda
Xalqaro munosabatlar
uForum


YANGILIKLAR

Agentlikda matbuot anjumani

11.11.2011 / 137 marta o`qilgan

O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligida Agentlikning 2011 yil yanvar — sentyabr oyi ish yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda respublikamizning yetakchi gazetalari, axborot agentliklari, tele va radiokanallar muxbirlari ishtirok etishdi.

 

— Respublikada olib borilayotgan bozor iqtisodiyotini rivojlantirishda, avtomobil transporti xizmatlari bozorida bozor munosabatlarini va sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilmoqda, — dedi Agentlik boshlig‘i o`rinbosari Sh.Shovahobov matbuot anjumanida to‘plangan ommaviy axborot vositalari vakillariga Agentlikning 2011 yil yanvar — sentyabr oylari ish yakunlari bo‘yicha hisobot berar ekan. — Agar 2000 yilda respublika bo‘yicha 2000 taga yaqin yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlari faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, 2011 yil 1 oktyabr holatiga yo‘nalishlar soni 3809 taga yetdi hamda 2010 yilga nisbatan o‘sish 103,5 foizni tashkil qildi. Ushbu yo‘nalishlarning 982 tasi shahar, 2225 tasi shahar atrofi va 602 tasi shaharlararo yo‘nalishlardir.



Faoliyat ko‘rsatayotgan 3809 ta yo‘nalishning 3761 tasi yoki 98,7 foizi tenderlar orqali joylashtirilgan. Shu jumladan, 2011 yilning 9 oyida jami 112 ta ochiq tender o‘tkazilib, 1056 ta yo‘nalish joylashtirilgan. Shundan 35 ta tenderda 298 ta shahar yo‘nalishlari, 72 ta tenderda 586 ta shaharatrofi va 74 ta viloyat hududidagi shaharlararo yo‘nalishlari hamda 5 ta tenderda 98 ta shaharlararo-viloyatlararo yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari tashuvchilar o‘rtasida joylashtirilgan.

2011 yilning 9 oyi davomida Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan «Isuzu» avtobuslaridan Andijon viloyatida 104 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 101 ta, Surxondaryo viloyatida 70 ta, Buxoro viloyatida 33 ta, Samarqand viloyatida 27 ta, Toshkent viloyatida 26 ta, Farg‘ona viloyatida 25 ta, Navoiy viloyatida 12 ta, Qashqadaryo viloyatida 11 ta, Xorazm viloyatida 10 ta va Toshkent shahrida 13 ta jami 432 ta avtobuslar lizing asosida sotib olinib, shahar va shahar atrofi yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yildi.

Joriy yilning o‘tgan davrida respublika hududlarida jami 68 ta yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini ochilishi rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 88 ta yo‘nalish ochildi va reja 130 foizga bajarildi. Buning natijasida  764 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.

Eng muhimi, yangi yo‘nalishlarning barchasi qishloq hududlarida ochilib, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, matbuot anjumanida Agentlik tomonidan avtomobil va daryo transporti faoliyati ko‘rsatish uchun litsenziyalash berish, sohaga doir me’yoriy hujjatlar ishlab chiqarish, xalqaro munosabatlar, harakat xavfsizligini ta’minlash, soha xodimlari ijtimoiy ta’minoti, “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili Davlat dasturi”ning bajarilishi borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ham batafsil ma’lumot berildi.

Tadbirda, jumladan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 18 maydagi “Yo‘nalishsiz taksilar faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 139-sonli qarori mazmun-mohiyati va uning ijrosini ta’minlashga doir ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida atrofilicha to‘xtab o‘tildi.

Matbuot anjumanida OAV vakillari sohaga doir o‘zlarini qiziqtirgan boshqa bir qator savollarga ham tegishlicha javob oldilar va buning uchun o‘z minnatdorliklarini bildirdilar.

O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati

Sayt bo`yicha qidirish:



 
 

© O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, 2012

UZINFOCOM èøëàíìàñè, Sayt boshqaruv tizimi MANAGER   DATACENTER UZINFOCOM