rus     eng     o'zb  
 
 
Sayt xaritasi Aloqa RSS
 
O`ZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYO TRANSPORTI AGENTLIGI
 
 
Bosh sahifa
Yangiliklar
Biz haqimizda
Komissiyalar, kengashlar, qomitalar
Litsenziyalash
Me`yoriy baza
Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari
Qo`shimcha interaktiv xizmatlar
Malakaviy talablar
Tenderlar
Tanlovlar
Tadbirlar
Avtotransport xizmati fakt va raqamlarda
Xalqaro munosabatlar
uForum


QOIDA, YO`RIQNOMA, TALAB VA BOSHQA ME`YORIY-HUQUQIY HUJJATLAR
  1. O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘ining 2012 yil 27 fevraldagi 35-son “Raqamli nazorat qurilmalaridan foydalanish to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i — Mazkur Yo‘riqnoma O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 22 dekabrdagi 340-son «Avtomobilda xalqaro yuk tashiydigan avtotransport vositalariga raqamli nazorat qurilmalarini joriy etish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq xalqaro yo‘nalishlarda yuk va yo‘lovchi tashuvlarini amalga oshirishga mo‘ljallangan avtotransport vositalaridagi raqamli nazorat qurilmalaridan (taxografdan) foydalanish tartibini belgilaydi.
  2. O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘ining 2012-yil 27-fevraldagi 34-son “Avtomobilda xalqaro tashishda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimlarini nazorat qilish uchun foydalaniladigan raqamli nazorat qurilmasi kartochkalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i — Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 22-dekabrdagi 340-son “Avtomobilda xalqaro yuk tashiydigan avtotransport vositalariga raqamli nazorat qurilmalarini joriy etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Yevropa bitimi talablariga muvofiq avtomobilda xalqaro tashishda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimini nazorat qilishga mo‘ljallangan raqamli nazorat qurilmalarida foydalanish uchun mo‘ljallangan kartochkalarni berish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
  3. O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘ining 2011-yil 8-iyuldagi112-son “Yo‘nalishsiz taksilar uchun hisoblagichlar (taksometrlar) va tanish belgilarini yetkazib berish bo‘yicha yuridik shaxslarni tanlov asosida tanlab olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i — Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-maydagi 139-son «Yo‘nalishsiz taksilar faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq yo‘nalishsiz taksilar uchun hisoblagichlar (taksometrlar) va tanish belgilarini yetkazib berish bo‘yicha yuridik shaxslarni tanlov asosida tanlab olish tartibini belgilaydi.
  4. O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘ining 2011-yil 13-maydagi 81-son “Yo‘lovchilar avtovokzallari, avtostantsiyalari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyrug‘i
  5. O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘ining 2011-yil 24-martdagi 52-son «O’zbekiston Respublikasida shaharda, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda umumiy foydalanishdagi avtomobil va elektr transportida hamda soatbay tashishlarda tashilgan yo‘lovchilar sonini va yo‘lovchilar aylanishini aniqlash to‘g‘risida»gi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi buyrug‘i
  6. O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘ining 2010-yil 18-noyabrdagi 178-son «Yo‘lovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan yuridik shaxslarning xodimlariga va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan xususiy tadbirkorlarga qo‘yiladigan malakaviy talablar to‘g‘risida»gi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” buyrug‘i
  7. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2010-yil 28-iyundagi 51-son va O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining 2010-yil 28-iyundagi 4-son “O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladigan mablag‘lardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori  — Mazkur Nizom O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining maxsus hisob raqamida mablag‘larni shakllantirish tartibini, Agentlikning maxsus hisob raqamidagi mablag‘lardan foydalanish yo‘nalishlarini, Agentlikning maxsus hisob raqamidan mablag‘larni berish shartlarini hamda Agentlikning maxsus hisob raqamidan olingan mablag‘lardan maqsadli foydalanish ustidan monitoring o‘tkazish tartibini belgilab beradi.
  8. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O’zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspektsiyasining 2009-yil 25-dekabrdagi 01/07-1220-son, O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2009-yil 25-dekabrdagi 7/2-son, O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining 2009-yil 25-dekabrdagi 1/141-son “Ruxsatnomalar, tarqatish vedomostlari va limit kitobchalari bo‘yicha avtotransport vositalariga yonilg‘i quyish uchun neft mahsulotlari, suyultirilgan va siqilgan tabiiy gazni berish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qarori — Ushbu Qoidalar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 31-dekabrdagi 542-sonli «Neft mahsulotlari, suyultirilgan va siqilgan gaz sotish tizimini tartibga solish, ulardan foydalanish va avtotransport vositalarining ishlatilishi ustidan nazoratni kuchaytirish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq ruxsatnomalar, tarqatish vedomostlari va limit kitobchalari bo‘yicha yonilg‘i quyish shoxobchalari, gaz to‘ldirish shoxobchalari va kompressor stantsiyalari (bundan keyingi o‘rinlarda yonilg‘i quyish shoxobchasi deb yuritiladi) xizmatidan foydalanuvchi tashkilotlarga neft mahsulotlari, suyultirilgan va siqilgan tabiiy gazni berish tartibini belgilaydi.
  9. O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘ining 2009-yil 3-martdagi 19-son «Avtomobilda tashuvchining foydalanish xizmati va texnika xizmati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi  buyrug‘i — Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-martdagi 118-sonli «O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga  asosan avtotransport vositasida yo‘lovchi va yuk tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi mustaqil xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning foydalanish xizmati hamda texnika xizmatiga oid vazifalarni belgilaydi.
  10. O’zbekiston Respublikasi avtomobil transporti korxonalari uchun yong‘in xavfsizligi qoidalari.
  11. O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘ining 2006-yil 19-maydagi 49-son “Shaharlararo, shahar atrofi va shahar hududida qatnovchi avtotransport vositalarining muntazamligini aniqlash bo‘yicha yo‘riqnomaga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i.
  12. O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘ining 2006-yil 19-maydagi 48-son “Chipta-hisob va yo‘l varaqalarini to‘ldirish bo‘yicha yo‘riqnomaga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i.
  13. O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘ining 2004-yil 22-martdagi 44-son “Avtomobil transportida shahar, shahar atrofi shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini ochish (yopish) tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i.


DIQQAT: Ro`yxatdagi me`yoriy hujjatlarni olish uchun Avtomobil va daryo transporti rivojini me`yoriy-texnik ta`minlash Respublika Markaziga murojaat qilishingiz mumkin.

Murojaat uchun: Telefon: 241-86-62, Faks: 241-03-46. Manzil: 100128, Toshkent, Zulfiyaxonim ko`chasi, 3-uy.




_____________________________
Yangilangan sana: 05.04.2012 21:36

Sayt bo`yicha qidirish:



 
 

© O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, 2012

UZINFOCOM èøëàíìàñè, Sayt boshqaruv tizimi MANAGER   DATACENTER UZINFOCOM