rus     eng     o'zb  
 
 
Sayt xaritasi Aloqa RSS
 
O`ZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYO TRANSPORTI AGENTLIGI
 
 
Bosh sahifa
Yangiliklar
Biz haqimizda
Komissiyalar, kengashlar, qomitalar
Litsenziyalash
Me`yoriy baza
Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari
Qo`shimcha interaktiv xizmatlar
Malakaviy talablar
Tenderlar
Tadbirlar
Avtotransport xizmati fakt va raqamlarda
Xalqaro munosabatlar


UMUMIY MA`LUMOTLAR

"Yo`lovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug`ullanayotgan yuridik shaxslarning xodimlariga va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug`ullanayotgan xususiy tadbirkorlarga qo`yiladigan malakaviy talablar to`g`risidagi Nizom"ga asosan malakaviy talablar litsenziya olishga hujjatlarni taqdim etish va avtomobil transportida tijorat tashishlarini amalga oshirish chog`ida, tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat`i nazar yuridik shaxslarning xodimlariga va xususiy tadbirkorlarga qo`yiladi va ularning avtomobil transportida, xususan xalqaro yo`nalishlarda yo`lovchi va yuklarning xavfsiz tashuvlarini amalga oshirish uchun zarur bo`lgan bilim va malakalarga ega bo`lishlariga asoslanadi.

Malakaviy talablar xodimlarning quyidagi nomenklaturasiga qo`yiladi:
  • yuridik shaxs (yuridik shaxsning transport bo`linmasi (xizmati) rahbari;
  • tashish jarayonini tashkillashtirishga javobgar bo`lgan yuridik shaxs (yuridik shaxsning transport bo`linmasi (xizmati) rahbarining o`rinbosari;
  • tashishlar xavfsizligini ta`minlash masalalari bo`yicha mutaxassis;
  • avtomobil transportida yuk tashishni amalga oshirayotgan xususiy tadbirkorlar;
  • haydovchilar.
Bir nechta faoliyat turi bilan shug`ullanuvchi yuridik shaxs uchun malakaviy talablar, avtotransport xizmatlarining ulushi yuridik shaxs oboroti yillik hajmining 50 va undan ko`p foizini tashkil etganda, bevosita tashish jarayonini tashkillashtirishga javobgar bo`lgan yuridik shaxs rahbari va uning o`rinbosariga qo`yiladi.

Avtotransport xizmatlarining ulushi yuridik shaxs oboroti yillik hajmining 50 foizidan kam bo`lgan taqdirda, malakaviy talablar yuridik shaxsning transport bo`linmasi (xizmati) rahbari va tashish jarayonini tashkillashtirishga javobgar bo`lgan uning o`rinbosariga qo`yiladi.

Qonun bilan belgilangan litsenzion talablar va shartlarning bir qismi hisoblangan malakaviy talablarga nomuvofiqlik uchun tashuvchilarga nisbatan, ularning tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat`i nazar, belgilangan tartibda O`zbekiston Respublikasining "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to`g`risida"gi Qonunida nazarda tutilgan, litsenziyaning amal qilishini to`xtatish yoki tugatish ko`rinishida ta`sir choralari qo`llanadi.



_____________________________
Yangilangan sana: 25.08.2010 21:22

Sayt bo`yicha qidirish:


Подробнее на www.nbu.com


 
 

© O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, 2010

UZINFOCOM ишланмаси, Sayt boshqaruv tizimi MANAGER   DATACENTER UZINFOCOM