rus     eng     o'zb  
 
 
Sayt xaritasi Aloqa RSS
 
O`ZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYO TRANSPORTI AGENTLIGI
 
 
Bosh sahifa
Yangiliklar
Biz haqimizda
Komissiyalar, kengashlar, qomitalar
Litsenziyalash
Me`yoriy baza
Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari
Qo`shimcha interaktiv xizmatlar
Malakaviy talablar
Tenderlar
Tadbirlar
Avtotransport xizmati fakt va raqamlarda
Xalqaro munosabatlar


LITSENZIYA BERISH TARTIBI VA SHARTLARI

Daryo transporti faoliyati uchun litsenziya olish tartibi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 21 avgustdagi 360-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Yo`lovchilar va yuklarni daryo transportida tashish faoliyatini litsenziyalash to`g`risidagi Nizom"da, shuningdek,  O`zbekiston Respublikasining "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to`g`risida"gi Qonuni 14-moddasida belgilab berilgan.

Litsenziyalar amal qilish muddati cheklanmasdan beriladi. Litsenziyaning amal qilishi litsenziya berilgan kundan boshlab hisoblanadi.

Litsenziya quyidagi shartlar bilan beriladi:
  • Litsenziat tomonidan daryo transporti sohasidagi qonunchilikka, ichki kema yo`lida suzish qoidalariga qat`iy bo`ysunilishi, avariyalarning oldini olish chora-tadbirlari amalga oshirilishi, suvda to`xtab turish joylarida xavfsizlik ta`minlanishi shartlari bilan;
  • Tashuvlar va yong`in xavfsizligi talablari bajarilishi, suzuvchi vositalarning texnik soz holda saqlanishi, tegishlicha himoya qilinishi, Agentlikning Daryo kemachiligi Registri va kemachilik inspeksiyasi tomonidan ro`yxatga olinishi, texnika xavfsizligi ta`minlanishi shartlari bilan.
Litsenziya olish uchun taqdim etilishi lozim bo`lgan hujjatlar:
  1. Yuridik shaxs uchun - yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami; jismoniy shaxs uchun - familiyasi, ismi, otasining ismi, shaxsini tasdiqlovchi ma`lumotlar; faoliyatning litsenziyalanadigan turi (yoxud uning bir qismi) ko`rsatilgan holda litsenziya berish to`g`risidagi ariza; (O`zR VM 22.05.2006 y. 92-son Qarori tahriridagi kichik band)
  2. Yuridik shaxs uchun - yuridik shaxsning davlat ro`yxatidan o`tkazilganligi to`g`risidagi guvohnomaning; jismoniy shaxs uchun - yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro`yxatidan o`tkazilganligi to`g`risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxalari;
  3. Kema guvohnomasi, malaka guvohnomasi, suzishga yaroqlilik to`g`risidagi guvohnoma, neft, oqova suvlar va axlat bilan ifloslanishning oldini olish to`g`risidagi guvohnoma, kemaning sanitariya guvohnomasi nusxalari ilova qilingan holda mavjud suzish vositalari to`g`risidagi ma`lumotlar;
  4. Suzish vositasining komandirlar tarkibi a`zolarida ularning muayyan lavozimlar bilan shug`ullanish huquqini tasdiqlovchi suzish vositalari mavjudligi to`g`risidagi ma`lumotlar;
  5. Amal qilish muddati ko`rsatilgan holda suzish vositalaridan foydalanishga mulkiy huquqni yoki boshqa ashyoviy huquqlarni tasdiqlovchi hujjat;
  6. Litsenziya talabgorida kema ekipaji a`zolari sog`lig`iga ko`ra suzish vositalarida ishlash uchun yaroqliligini tasdiqlovchi sanitariya pasportlari yoki boshqa hujjat mavjudligi to`g`risidagi ma`lumotlar;
  7. Litsenziya talabgori tomonidan ariza ko`rib chiqilganligi uchun yig`im to`langanligini tasdiqlovchi hujjat.




_____________________________
Yangilangan sana: 25.08.2010 20:51

Sayt bo`yicha qidirish:


Подробнее на www.nbu.com


 
 

© O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, 2010

UZINFOCOM ишланмаси, Sayt boshqaruv tizimi MANAGER   DATACENTER UZINFOCOM