rus     eng     o'zb  
 
 
Sayt xaritasi Aloqa RSS
 
O`ZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYO TRANSPORTI AGENTLIGI
 
 
Bosh sahifa
Yangiliklar
Biz haqimizda
Komissiyalar, kengashlar, qomitalar
Litsenziyalash
Me`yoriy baza
Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari
Qo`shimcha interaktiv xizmatlar
Malakaviy talablar
Tenderlar
Tanlovlar
Tadbirlar
Avtotransport xizmati fakt va raqamlarda
Xalqaro munosabatlar
uForum


LITSENZIYA OLISH UCHUN ELECTRON POCHTADAN FOYDALANISH

Saytimizning “Hujjatlar shakllari” bo`limida litsenziya olish uchun yoziladigan arizaning elektron shakli va arizaga ilova qilinadigan hujjatlar ro`yxati joylashtirilgan bo`lib, agar Siz litsenziya da`vogari bo`lsangiz, ariza hamda arizaga ilova qilinadigan hujjatlarning nusxalarini elektron pochta orqali litsenziya@uzaart.uz manziliga yuborish imkoniyatiga egasiz. Shunda jarayon quyidagi tartibda davom etadi:
  • Litsenziyalash bo`limi xodimi tomonidan ushbu hujjatlarning qanchalik to`liq ekanligi o`rganib chiqiladi va hujjatlarning aslini yuborish mumkinligi to`g`risidagi xulosalar yoki kamchiliklarni tuzatish bo`yicha takliflar yana elektron pochta orqali Sizga qaytariladi;
  • Siz hujjatlar to`liq ekanligi haqidagi xabarni olsangiz, hujjatlarning asl nusxalarini o`z kur`eringiz orqali Agentlik hududiy bo`limidagi kur`erga jo`natib, bu haqda  elektron pochta orqali Agentlikka ma`lum qilishingiz kerak bo`ladi;
  • Agentlik hududiy bo`limidagi kur`er hujjatlarning asl nusxalarini Agentlikka topshirishi bilan bu haqdagi ma`lumot bazaga kiritilib, ayni paytda Sizning elektron pochtadagi xatingizga javob tariqasida ma`lum qilinadi va hujjatlar Agentlikning Litsenziyalash bo`yicha komissiyasiga kiritiladi;
  • Hujjatlar komissiyadan chiqqach, Komissiyaning litsenziya berish haqidagi xulosasi, litsenziya olish uchun qancha miqdordagi bojni qaysi hisobga o`tkazish kerakligi va litsenziyani olib ketish uchun Agentlik hududiy bo`limi kur`eriga ishonchnoma berish mumkinligi haqidagi ma`lumotlar yoki litsenziya berish rad etilganligi to`g`risidagi xulosa Sizning elektron pochtangizga yuboriladi.
  • Komissiyaning litsenziya berish haqidagi xulosasi ayni paytda Buxgalteriyaga ham yuboriladi. Buxgalteriyada "Bank-Mijoz" dasturi yordamida tegishli bojlarning tushganligi qayd etilishi bilan bu haqda Litsenziyalash bo`limiga ma`lum qilinadi.
  • Boj undirilgach, Litsenziya bo`limida tegishli litsenziyani berish haqidagi ma`lumotlar bazaga kiritiladi va dastur orqali ushbu litsenziya blankaga chop etilib, Agentlik hududiy bo`limi kur`eriga ishonchnomaga asosan topshiriladi hamda bu haqda Sizning elektron pochtangizga xabar yuboriladi.
  • Siz litsenziyani olganligingiz haqida Agentlik pochtasiga xabar jo`natishingiz lozim. Agar litsenziya Sizga yetib kelmasa, bu haqda 3 ish kunidan kechikmay xabar berishingiz lozim. Aks holda bazaga litsenziya yetib borganligi qayd etib qo`yiladi.

Sayt bo`yicha qidirish:



 
 

© O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, 2012

UZINFOCOM èøëàíìàñè, Sayt boshqaruv tizimi MANAGER   DATACENTER UZINFOCOM