rus     eng     o'zb  
 
 
Sayt xaritasi Aloqa RSS
 
O`ZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYO TRANSPORTI AGENTLIGI
 
 
Bosh sahifa
Yangiliklar
Biz haqimizda
Komissiyalar, kengashlar, qomitalar
Litsenziyalash
Me`yoriy baza
Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari
Qo`shimcha interaktiv xizmatlar
Malakaviy talablar
Tenderlar
Tanlovlar
Tadbirlar
Avtotransport xizmati fakt va raqamlarda
Xalqaro munosabatlar
uForum


UMUMIY MA`LUMOTLAR

Avtomobilda tashuvlarni litsenziyalash Oliy Majlis tomonidan 1998 yil avgustda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasining "Avtomobil transporti to`g`risida"gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 28 iyundagi "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi 236-sonli qarorida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
  
Tijorat asosida amalga oshiriladigan yo`lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo`nalishlar bo`yicha tashish faoliyati litsenziyalanishi kerak. Tashkiliy-huquqiy va mulkiy shaklidan qat`iy nazar barcha xo`jalik yurituvchi sub`ektlar tomonidan amalga oshiriladigan, O`zbekiston Respublikasining maxsus qonunchilik hujjatlarida ko`zda tutilgan tashuvlardan tashqari barcha avtomobil` transporti faoliyati turlari litsenziyalanadi.
   
O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi hamda uning hududiy bo`limlari, Toshkent shahar hokimligi Yo`lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti, Toshkent viloyat hokimligi Yo`lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti avtotransport faoliyati ko`rsatish uchun litsenziya beruvchi vakolatli organlar hisoblanadi.
     
O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi shaharlararo va xalqaro tashuvlarga litsenziya beradi.
     
Agentlikning hududiy bo`limlari shahar va shahar atrofi tashuvlariga litsenziya beradi.
     
Toshkent shahar Departamenti Toshkent shahri bo`yicha yo`lovchi tashuvlariga litsenziya beradi.
     
Toshkent viloyati Departamenti Toshkent viloyati bo`yicha shahar va shahar atrofi tashuvlariga litsenziya beradi.



_____________________________
Yangilangan sana: 25.08.2010 20:42

Sayt bo`yicha qidirish:



 
 

© O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, 2012

UZINFOCOM ишланмаси, Sayt boshqaruv tizimi MANAGER   DATACENTER UZINFOCOM