rus     eng     o'zb  
 
 
Sayt xaritasi Aloqa RSS
 
O`ZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYO TRANSPORTI AGENTLIGI
 
 
Bosh sahifa
Yangiliklar
Biz haqimizda
Komissiyalar, kengashlar, qomitalar
Litsenziyalash
Me`yoriy baza
Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari
Qo`shimcha interaktiv xizmatlar
Malakaviy talablar
Tenderlar
Tanlovlar
Tadbirlar
Avtotransport xizmati fakt va raqamlarda
Xalqaro munosabatlar
uForum


LITSENZIYA BERISH TARTIBI VA SHARTLARI

Avtotransport faoliyati uchun litsenziya olish tartibi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 14 iyuldagi 138-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Avtomobil transportida yo`lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo`nalishlar bo`yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to`g`risidagi Nizom"da, shuningdek,  O`zbekiston Respublikasining "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to`g`risida"gi Qonuni 14-moddasida belgilab berilgan.
Litsenziya bilan birga har bir avtotransport vositasiga litsenziya kartochkasi beriladi.
Har bir avtotransport vositasiga litsenziya kartochkasi litsenziyaning amal qilish muddatidan ortiq bo`lmagan muddatga beriladi. Agar ashyoviy huquqlarning yoki ijara shartnomasining amal qilish muddati litsenziyaning amal qilish muddatidan kam bo`lsa, litsenziya kartochkasining amal qilish muddati ashyoviy huquqlar yoki ijara shartnomasining amal qilish muddati bilan cheklanadi. litsenziya kartochkasining amal qilishi litsenziya kartochkasi berilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Litsenziya kartochkalari quyidagi tartibda beriladi:
  • litsenziya talabgorining arizasiga ko`ra litsenziyalovchi organ qaroriga binoan beriladigan litsenziya bilan birgalikda - birinchi litsenziya kartochkalari;
  • litsenziya talabgorining arizasiga ko`ra avtotransport vositalari harakatdagi tarkibi ko`paygan taqdirda mavjud litsenziya asosida - qo`shimcha litsenziya kartochkalari;
  • litsenziya talabgorining litsenziya kartochkalarini qayta rasmiylashtirish bo`yicha arizasiga ko`ra mavjud litsenziya va litsenziya kartochkalari asosida - qayta rasmiylashtirilgan litsenziya kartochkalari beriladi;
  • litsenziya talabgorining arizasiga ko`ra yo`qotib qo`yilgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya o`rniga - litsenziya kartochkalarining dublikatlari beriladi.
Har bir holatda ariza beruvchi (litsenziya talabgori yoki lisenziat) avtotransport vositalarining mulk huquqi, ashyoviy huquqlar bilan yoki ijara asosida tegishliligini, shuningdek avtotransport vositalarining texnik jihatdan sozligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga avtotransport vositalarining ro`yxatini taqdim etadi, dublikat berish holati bundan mustasno.

Litsenziya olish uchun taqdim etilishi lozim bo`lgan hujjatlar:
  1. Yuridik shaxs uchun — yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami; jismoniy shaxs uchun yuk tashish huquqiga litsenziya olishda – familiyasi, ismi, otasining ismi, pasportga oid ma`lumotlar va haydovchilik guvohnomasi; faoliyatning litsenziyalanadigan turi (yoxud uning bir qismi) va faoliyatning mazkur turi amalga oshiriladigan muddat ko`rsatilgan holda litsenziya berish to`g`risidagi ariza;
  2. Yuridik shaxs uchun — yuridik shaxsning davlat ro`yxatidan o`tkazilganligi to`g`risidagi guvohnomaning tasdiqlangan nusxasi; jismoniy shaxs uchun yuk tashish huquqiga litsenziya olishda – yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro`yxatidan o`tkazilganligi to`g`risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
  3. Mavjud avtotransport vositalarining mulk huquqi, boshqa ashyoviy huquqlar yoki ijara shartnomalari to`g`risidagi ma`lumotlari, shuningdek Yo`l harakati xavfsizligi davlat xizmatining tegishli bo`linmasi tomonidan berilgan avtotransport vositasining texnik jihatdan soz ekanligi to`g`risida belgi qo`yilgan avtotransport vositasi texnik pasportining yoki avtotransport vositalari guruhi texnik ko`rikdan o`tkazilganligi dalolatnomasining nusxasi;
  4. Litsenziya talabgorida haydovchilarni tibbiy ko`rikdan va avtotransport vositalarini texnik ko`rikdan o`tkazish yoxud litsenziya talabgorining tegishli ixtisoslikdagi tashkilot bilan unga tibbiy ko`rik va texnik ko`rikdan o`tish imkoniyati berilishi to`g`risidagi shartnomasi nusxasi mavjudligi haqidagi ma`lumotlar;
  5. Yuk tashish huquqiga litsenziya olishda yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs xodimlari malakasining belgilangan talablar va shartlarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari;
  6. Yuridik shaxslar uchun — yuridik shaxsning yo`l harakati xavfsizligi ta`minlanishi uchun mas`ul bo`lgan mansabdor shaxslarining tegishli attestasiyadan o`tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari;
  7. Litsenziya talabgori tomonidan ariza ko`rib chiqilganligi uchun yig`im to`langanligini tasdiqlovchi hujjat.




_____________________________
Yangilangan sana: 25.08.2010 20:44

Sayt bo`yicha qidirish:



 
 

© O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, 2012

UZINFOCOM ишланмаси, Sayt boshqaruv tizimi MANAGER   DATACENTER UZINFOCOM