rus     eng     o'zb  
 
 
Sayt xaritasi Aloqa RSS
 
O`ZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYO TRANSPORTI AGENTLIGI
 
 
Bosh sahifa
Yangiliklar
Biz haqimizda
Komissiyalar, kengashlar, qomitalar
Litsenziyalash
Me`yoriy baza
Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari
Qo`shimcha interaktiv xizmatlar
Malakaviy talablar
Tenderlar
Tadbirlar
Avtotransport xizmati fakt va raqamlarda
Xalqaro munosabatlar


KO`P TAKRORLANADIGAN SAVOLLAR

Savol: Avtotransport sohasidagi xizmatlarning litsenziyalanishi muhimligi nima bilan asoslanadi?

Javob:
O`zbekiston Respublikasida  avtotransport sohasidagi xizmatlarning litsenziyalanishi mazkur xizmatdan foydalanuvchilarning manfaatlarini himoya qilish, yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash, avtotransport sohasida faoliyat yurituvchi barcha xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning harakatlarini muvofiqlashtirish va ularning faoliyatini nazorat qilish maqsadida amalga oshiriladi.

Mazkur faoliyat turining litsenziyalanishi avtotransport sohasida yagona texnika siyosatini yuritish imkonini beradi va bu avtotransportning rivoji hamda uzluksiz ishlab turishi uchun juda muhim omildir.

Shuningdek, litsenziyalash yo`li bilan raqobat bozorida barcha uchun teng sharoitlar yaratilishiga erishiladi.

Savol: Avtomobilda tashuvlarning aynan qaysi turlari litsenziyalanadi?

Javob:
Avtomobil transportida tijorat asosida shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalo`aro yhnalishlarda yo`lovchi va yuk tashish faoliyati litsenziyalanadi.

Avtomobil transportida tijorat asosida shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalo`aro yhnalishlarda yo`lovchi tashish faoliyatining faqat yuridik shaxslar tomonidangina amalga oshirilishiga yo`l qo`yiladi.

Aholining hayoti va sog`lig`iga xavf soluvchi hamda favqulodda qutqaruv ishlarini taqozo qiluvchi tabiiy ofatlar, epidemiyalar, yirik halokatlar oqibatlarini bartaraf qilish, insonparvarlik yuklarini tashish bilan bog`liq tarzda Hukumat qarori bilan amalga oshiriladigan tashuvlarga litsenziya talab qilinmaydi.

Savol: Litsenziyalarni qanday muddatlarga olish mumkin?

Javob: Avtotransport faoliyati ko`rsatish huquqini beruvchi litsenziyalar 5 yildan kam bo`lmagan muddatga beriladi. Litsenziyaning amal qilish muddati u berilgan kundan boshlab hisoblanadi. Shuningdek, litsenziya bilan birga har bir avtotransport vositasiga litsenziya varaqasi ham beriladi. Har bir avtotransport vositasiga litsenziya varaqasi mulkka egalik huquqi yoki ijara shartnomasining muddatiga qarab beriladi.

Savol: Litsenziya uchun davlat boji qancha miqdorda to`lanadi?

Javob: Davlat boji mi?dori O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 14 iyuldagi "Avtomobil ransportida yo`lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo`nalishlar bo`yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 138-sonli qaroriga muvofiq belgilanadi.

Davlat boji miqdori davlat boji to`lanayotgan kundagi eng kam ish haqining tegishli baravari hisobida 5 yilga belgilangan. Davlat bojini litsenziya amalda bhlgan muddatda yilma-yil teng miqdorda bo`lib to`lash ham mumkin.

Davlat bojining miqdori korxonaning qaysi faoliyat turi bilan shug`ullanishiga bog`liq bo`ladi.

Savol: Litsenziya olish uchun qanday hujjatlar taqdim eish kerak?

Javob: Litsenziya olish uchun litsenziya da`vogari litsenziyalash bo`limiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
  • Yuridik shaxs uchun - yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami; jismoniy shaxs uchun yuk tashish huquqiga litsenziya olishda - familiyasi, ismi, otasining ismi, pasportga oid ma`lumotlar va haydovchilik guvohnomasi; faoliyatning litsenziyalanadigan turi (yoxud uning bir qismi) va faoliyatning mazkur turi amalga oshiriladigan muddat ko`rsatilgan holda litsenziya berish to`g`risidagi ariza;
  • Yuridik shaxs uchun - yuridik shaxsning davlat ro`yxatidan o`tkazilganligi to`g`risidagi guvohnomaning tasdiqlangan nusxasi; jismoniy shaxs uchun yuk tashish huquqiga litsenziya olishda - yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro`yxatidan o`tkazilganligi to`g`risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
  • Mavjud avtotransport vositalarining mulk huquqi, boshqa ashyoviy huquqlar yoki ijara shartnomalari to`g`risidagi ma`lumotlari, shuningdek Yo`l harakati xavfsizligi davlat xizmatining tegishli bo`linmasi tomonidan berilgan avtotransport vositasining texnik jihatdan soz ekanligi to`g`risida belgi qo`yilgan avtotransport vositasi texnik pasportining yoki avtotransport vositalari guruhi texnik ko`rikdan o`tkazilganligi dalolatnomasining nusxasi;
  • Litsenziya talabgorida haydovchilarni tibbiy ko`rikdan va avtotransport vositalarini texnik ko`rikdan o`tkazish yoxud litsenziya talabgorining tegishli ixtisoslikdagi tashkilot bilan unga tibbiy ko`rik va texnik ko`rikdan o`tish imkoniyati berilishi to`g`risidagi shartnomasi nusxasi mavjudligi haqidagi ma`lumotlar;
  • Yuk tashish huquqiga litsenziya olishda yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs xodimlari malakasining belgilangan talablar va shartlarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari;
  • Yuridik shaxslar uchun - yuridik shaxsning yo`l harakati xavfsizligi ta`minlanishi uchun mas`ul bo`lgan mansabdor shaxslarining tegishli attestasiyadan o`tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari;
  • Litsenziya talabgori tomonidan ariza ko`rib chiqilganligi uchun yig`im to`langanligini tasdiqlovchi hujjat.
Hujjatlar litsenziyalovchi organga bevosita yoki qabul qilingani ko`rsatiladigan tarzda pochta aloqa vositalari orqali yetkakziladi.
Hujjatlar ro`yxat Bilan qabul qilinadi va uning nusxasi hujjat qabul qilib olingan qayd etilgan holda ariza egasiga jo`natiladi (topshiriladi).

Savol: Litsenziya olish uchun taqdim etilgan hujjatlar qancha muddatda ko`rib chiqiladi?

Javob: Litsenziya talabgoriga avtomobil transportida yo`lovchilarni hamda yuklarni tashishga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to`g`risidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab o`n besh kundan ortiq bo`lmagan muddatda qabul qilinadi.

Litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorini qaror qabul qilingani to`g`risida qaror qabul qilingandan keyin uch ish kuni mobaynida xabardor qiladi.

Savol: Qanday hollarda litsenziya berilishi rad qilinishi mumkin?

Javob: Agar litsenziya da`vogari tomonidan taqdim etilgan hujjatlar belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan bo`lsa yoki hujjatlarda ishonsiz hamda yolg`on ma`lumotlar qayd etilsa litsenziya berish rad etilishi mumkin. Shuningdek, litsenziya talabgorining litsenziya talab va shartlariga mos kelmasligi tufayli qam litsenziya berish rad etilishi mumkin.

Savol: Litsenziya berish rad etilgan taqdirda litsenziya talabgorining arizasi qayta ko`rib chiqilishi mumkinmi?

Javob: Litsenziya berishni rad etilgan taqdirda rad etish to`g`risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga yozma shaklda yuboriladi. Bildirishnomada litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgorining ko`rsatib o`tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko`rib chiqishga taqdim etishi lozim bo`lgan muddat ko`rsatiladi.

Litsenziya talabgorlarining arizalari takroran ko`rib chiqilganligi uchun yig`im undirilmaydi.

Litsenziya berish rad etilganligi to`g`risidagi bildirishnomada ko`rsatilgan muddat o`tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.

Savol: Xususiy firma avtotransport faoliyati ko`rsatish uchun avtotransport korxonasiga tegishli avtotrasnport vositalarini ijaraga olmoqchi. Ushbu avtokorxona bu avtomobillarni avtotransport faoliyati ko`rsatish uchun litsenziya varaqalari bilan ta`minlagan. Xususiy firma ushbu litsenziyalar asosida faoliyat ko`rsatishi mumkinmi?

Javob: Yo`q, bunday faoliyat ko`rsata olmaydi. Chunki mavjud litsenziya asosida faqatgina ushbu litsenziyani olgan yuridik yoki jismoniy shaxsgina faoliyat ko`rsata oladi. Litsenziya yoki unga tegishli huquqni boshqa shaxsga berish ta`qiqlanadi. Bu narsa O`zbekiston Respublikasining "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to`g`risida"gi Qonunida belgilab qo`yilgan.




_____________________________
Yangilangan sana: 25.08.2010 20:46

Sayt bo`yicha qidirish:


Ïîäðîáíåå íà www.nbu.com


 
 

© O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, 2010

UZINFOCOM èøëàíìàñè, Sayt boshqaruv tizimi MANAGER   DATACENTER UZINFOCOM