rus     eng     o'zb  
 
 
Sayt xaritasi Aloqa RSS
 
O`ZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYO TRANSPORTI AGENTLIGI
 
 
Bosh sahifa
Yangiliklar
Biz haqimizda
Komissiyalar, kengashlar, qomitalar
Litsenziyalash
Me`yoriy baza
Xalqaro munosabatlar
Interaktiv xizmatlar
Malakaviy talablar
Tenderlar
Tadbirlar
Fuqarolar murojaatlarini ko`rish
Avtotransport xizmati fakt va raqamlarda


KOMISSIYALAR

Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo`nalishlarni joylashtirish uchun ochiq tenderlar
o`tkazishni tashkil etish masalalari bo`yicha
idoralararo komissiya


      Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo`nalishlarni joylashtirish uchun ochiq tenderlar o`tkazishni tashkil etish masalalari bo`yicha idoralararo komissiya shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo`nalishlar ishini takomillashtirish, transport xizmatlari ko`rsatish bozorida sog`lom raqobat muhitini ta`minlash va ushbu vazifalarning bajarilishini nazorat qilishni ta`minlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 29 iyuldagi “Shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo`lovchilar tashish avtomobil transportida ochiq tenderlar tashkil etish va o`tkazish masalalari to`g`risida”gi 368-sonli qarori bilan tashkil etilgan. 
       Komissiya tarkibi O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Davlat soliq qo`mitasi, Davlat bojxona qo`mitasi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasi va O`zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat Palatasining rahbar xodimlaridan shakllantiriladi.
      Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo`nalishlarni joylashtirish uchun ochiq tenderlar o`tkazishni tashkil etish masalalari bo`yicha idoralararo komissiya to`g`risidagi Nizomga ko`ra quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
  • shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo`nalishlarda yo`lovchilar tashish transportining bir maromda ishlashini ta`minlashga oid ishlarni muvofiqlashtirish;
  • transport xizmatlari ko`rsatish bozorida mulkchilikning turli shakllaridagi tashuvchilar uchun teng shart-sharoitlar yaratish va sog`lom raqobatni rivojlantirish;
  • shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo`lovchilar tashish yo`nalishlarini joylashtirish uchun tenderlar tashkil etish va o`tkazish;
  • yo`lovchilar tashish transportini rivojlantirish, ular tomonidan ko`rsatiladigan xizmatlarning hajmlari va turlarini kengaytirishga oid kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishda qatnashish;
  • yo`lovchilar huquqlariga rioya qilinishini ta`minlash.
      Komissiya faoliyatini tashkiliy-texnik ta`minlash O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan amalga oshiriladi.



_____________________________
Yangilangan sana: 14.03.2009 19:04

Sayt bo`yicha qidirish:


Подробнее на www.nbu.com


 
 

© Узбекское агентство автомобильного и речного транспорта, 2008

Разработка UZINFOCOM, Система управления сайтом MANAGER   DATACENTER UZINFOCOM