rus     eng     o'zb  
 
 
Sayt xaritasi Aloqa RSS
 
O`ZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYO TRANSPORTI AGENTLIGI
 
 
Bosh sahifa
Yangiliklar
Biz haqimizda
Komissiyalar, kengashlar, qomitalar
Litsenziyalash
Me`yoriy baza
Xalqaro munosabatlar
Interaktiv xizmatlar
Malakaviy talablar
Tenderlar
Tadbirlar
Fuqarolar murojaatlarini ko`rish
Avtotransport xizmati fakt va raqamlarda


FUQAROLARNI  QABUL  QILISH,  ULARNING  SHIKOYATLARI  VA  BOSHQA  MUROJAATLARINI  KO`RIB  CHIQISH  TARTIBI,  ALOQA  QILISH  UCHUN  MA`LUMOTLAR,  MAS`UL SHAXSLAR

Fuqarolarni qabul qilish, ularning shikoyatlari va boshqa murojaatlarini ko`rib chiqish O`zbekiston Respublikasining "Fuqarolarning murojaatlari to`g`risida"gi qonuni hamda "O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi devonida hamda uning hududiy bo`limlarida fuqarolar murojaatlari buyicha ish yuritishni olib borish to`g`risida Nizom"ga asosan amalga oshiriladi.

Fuqarolarni qabul qilish
Agentlik va uning hududiy bo`limlari, tashkilotlari rahbarlari va o`zga mansabdor shaxslar mulkchilik shaklidan qat`iy nazar fuqarolarni shaxsan qabul qilishni o`tkazishga majburdirlar.
Qabul muntazam ravishda, fuqarolar uchun qulay bo`lgan belgilangan kun va soatlarda o`tkaziladi.
Fuqarolarning og`zaki murojaatlari va ularni ko`rib chiqish natijalari ro`yxatga olinadi.
Fuqarolarni qabul qilish tartibi Agentlik va uning hududiy bo`limlari rahbarlari tomonidan belgilanadi.
Fuqarolar shaxsan qabul qilinganda ularning yozma va og`zaki takliflari, arizalari va shikoyatlari ro`yxatga olinadi.
Fuqarolarning barcha takliflari, arizalari va shikoyatlariga og`zaki shaklda javob berilgan holda bu haqda ro`yxatga olish-nazorat kartochkasiga tegishli yozuv qayd etiladi.

Fuqarolarning shikoyatlari va boshqa murojaatlarini ko`rib chiqish
Fuqarolarning shikoyatlari va boshqa murojaatlari O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko`rib chiqiladi. Bu murojaatlarda fuqaroning familiyasi, ismi-sharifi, turar joyi haqidagi ma`lumotlar ko`rsatilgan bo`lishi, taklif, ariza yoki shikoyatning mohiyati bayon etilgan bo`lishi kerak.
Fuqaroning familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash joyi to`g`risidagi ma`lumotlar ko`rsatilmagan yoki u haqda soxta ma`lumotlar ko`rsatilgan, shuningdek, imzo qo`yilmagan yozma murojaatlar O`zbekiston Respublikasining "Fuqarolarning murojaatlari to`g`risida"gi qonuni 6-moddasiga muvofiq anonim hisoblanadi va ko`rib chiqilmaydi.
Qo`yilgan masalalarni hal etish Agentlik vakolatiga kirmagan taqdirda murojaat 5 kundan kechiktirilmay tegishli organlar yoki mansabdor shaxslarga yuboriladi va bu haqda fuqaroga xabar qilinadi.
Agar murojaatda tegishli organlar yoki mansabdor shaxslarga yuborish uchun zarur ma`lumotlar bo`lmasa, ular xuddi shu muddatda tegishli tushuntirishlar bilan fuqarolarga qaytariladi.
O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi devoni va hududiy bo`limlarida fuqarolarning takliflari, arizalari va shikoyatlari bo`yicha ish yuritish kartochka tizimi yoki maxsus komp`yuter dasturi bo`yicha maxsus tayinlangan mansabdar shaxslar tomonidan olib boriladi.
Fuqarolarning kelib tushayotgan barcha takliflari, arizalari va shikoyatlari qabul qilinadi u kelib tushgan kuni komp`yuter dasturida yoki ro`yxatga olish-nazorat kartochkalarida markazlashtirilgan tarzda ro`yxatga olinadi.
Agentlik devoni va hududiy bo`limlarida fuqarolarning murojaatlari to`g`risidagi talablarga rioya etilishi ustidan nazorat kilish Agentlik va mazkur bo`limlar rahbarlarining buyruqlariga muvofiq belgilangan mansabdor shaxslar zimmasiga yuklanadi.
Turli manzillardan yuborilgan taklif, ariza, shikoyatni ko`rib chiqish natijalarini xabar kilishni talab etadigan fuqarolarning xatlari alohida nazoratga olinadi.
Oraliq javoblari berilgan fuqarolarning takliflari, arizalari va shikoyatlari nazoratdan chiqarilmaydi. Taklif, shikoyat arizani hal etish yuzasidan qaror chiqarilganda va batafsil choralar ko`rilgandan keyingina nazorat tugallanadi. Fuqarolar takliflari, arizalari va shikoyatlarini nazoratdan chiqarish to`g`risidagi qarorni faqat topshiriqni imzolagan rahbarlar va ularning o`rinbosarlari, ular yo`q bo`lgan holda — ularning vazifasini bajarayotgan mansabdor shaxslar qabul qiladilar.
Fuqarolarning takliflari, arizalari va shikoyatlariga javoblarni Agentlik rahbariyati, hududiy bo`limlarning rahbarlari beradilar.

Shikoyat bilan murojaat kilgan fuqaro quyidagi huquqlarga ega:
— shikoyatni tekshirayotgan shaxsga dalil-isbotlarini shaxsan bayon etish;
— "Fuqarolarning murojaatlari to`g`risida"gi Qonunning 4-moddasi talablariga rioya etgan holda tekshirish materiallari bilan tanishish;
— shikoyatni ko`rib chiqayotgan organga qo`shimcha materiallarni taqdim etish yoki bu organning uni talab qilib olishini iltimos qilish;
— advokat yoxud o`zga shaxs xizmatlaridan foydalanish;
— imkoniyatni ko`rib chiqish natijalari to`g`risida yozma javob olish.

Fuqarolarning shikoyatlari va boshqa murojaatlari bo`yicha ma`lumot berish
Agentlik va uning hududiy bo`limlari rahbarlari hamda boshqa mansabdor shaxslar o`z vakolatlari chegarasida fuqaroga shikoyatni tekshirish natijalari va qabul qilingan qaror mohiyati yuzasidan yozma xabar berishga majburdirlar.
Qo`yilgan barcha masalalar ko`rib chiqilgan, ular yuzasidan amaldagi qonunlarga mos keladigan zarur choralar ko`rilgan va batafsil javoblar berilgan taqdirdagina fuqarolarning takliflari, arizalari hamda shikoyatlari hal etilgan hisoblanadi.
Arizada bayon etilgan talablarni qondirishni rad etish fuqaro ma`lumotiga yozma shaklda rad etish dalillarini keltirish orqali yetkaziladi.
Agentlik devoni va hududiy bo`limlari rahbarlari yoki ularning topshirig`i bo`yicha boshqa mansabdor shaxslar fuqarolarning huquqlari va qonun muhofaza qiladigan manfaatlarining buzilishini keltirib chiqaradigan sabablarni o`z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, ishni takomillashtirish maqsadida fuqarolar takliflari, arizalari va shikoyatlarini, ulardagi mavjud amaliy mulohazalarni muntazam ravishda tahlil etib boradilar.

Fuqarolarning shikoyatlari va boshqa murojaatlari bo`yicha to`plangan hujjatlarni saqlash
Fuqarolar takliflari, arizalari, shikoyatlarining asl nusxalari ular hal etilgandan so`ng ularga taalluqli bo`lgan barcha materiallar va ro`yxatga olish-nazorat kartochkalarini to`ldirilgan nusxalari bilan birga ish va kartotekani markazlashtirilgan tarzda shakllantirish uchun ijrochilar va Agentlik xodimlari tomonidan fuqarolar takliflari, arizalari va shikoyatlari ustidan nazorat qilish uchun mas`ul bo`lgan yoki ular yuzasidan ish yuritishni olib boradigan mansabdor shaxslarga qaytariladi.
Uzil-kesil hal kilinib, ijro etilganidan keyingi har bir taklif, ariza, shikoyatga mazkur murojaatni nazoratdan chiqarish to`g`risida qaror qabul qilgan mansabdor shaxs imzo qo`yadi.
Fuqarolarning takliflari, arizalari va shikoyatlari, ularga javoblarning nusxalari hamda ularni hal etish bilan bog`liq hujjatlar tasdiqlangan nomenklaturasiga muvofiq delolarga jamlanadi.
Agentlik va uning hududiy bo`limlari fuqarolarning takliflari, arizalari va shikoyatlarini ma`lumot maqsadida hamda boshqa maqsadlarda saqlashni va foydalanishni amalga oshiradilar.
Fuqarolar murojaatlarining saqlanishi uchun Agentlik va uning hududiy bo`limlari rahbarlari, shuningdek ushbu toifadagi hujjatlar bilan ishlovchi mansabdor shaxslar mas`uldirlar.
Fuqarolar takliflari, arizalari va shikoyatlari bo`yicha hujjatlarni saqlash muddatlari belgilangan tartibda tasdiqlangan hujjatlar ro`yxatlari bilan o`rnatiladi. Odatda fuqarolar takliflari, arizalari, shikoyatlari va ularni ko`rib chiqish hamda hal etish bilan bog`liq hujjatlarni saqlashning besh yillik muddati belgilanadi.
Ekspert komissiyalarining fuqarolar takliflari, arizalari va shikoyatlari bo`yicha hujjatlarni saqlash muddatlarini uzaytirish hamda saqlash to`g`risidagi qarori albatta Agentlik rahbarlari tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Doimiy, shuningdek, vaqtincha (10 yildan ortiq) saklanishi kerak bo`lgan delolar yuzasidan ish yuritish tugallanganidan keyin bir yil o`tgach arxivga topshiriladi.
Fuqarolar takliflari, arizalari va shikoyatlari bo`yicha hujjatlarni saqlashning belgilangan muddati tugagandan keyin ular O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi arxiv Bosh boshqarmasi belgilagan tartibda yo`q qilinadi.

Aloqa qilish uchun ma`lumotlar
Fuqarolar shikoyatlar va boshqa murojaatlar bilan O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligiga quyidagi manzil bo`yicha murojaat qilishlari mumkin:
100128. Toshkent shahri, Shayxontohur ko`chasi, 3-uy.
Telefon: 244-72-86, Faks: 244-72-85, elektron pochta: info@uzaart.uz

Fuqarolarning murojaatlari uchun mas`ul shaxs:
Shorahmetov Ilhom Shavkatovich — Agentlik Apparati rahbari.
Telefon: 244-30-92. Faks: 244-72-85, elektron pochta: i.shorahmetov@uzaart.uz

FUQAROLAR MUROJAATLARINI VIRTUAL JO`NATISH

Ism
Habar
El. pochta
 


Sayt bo`yicha qidirish:


Ïîäðîáíåå íà www.nbu.com


 
 

© Óçáåêñêîå àãåíòñòâî àâòîìîáèëüíîãî è ðå÷íîãî òðàíñïîðòà, 2008

Ðàçðàáîòêà UZINFOCOM, Ñèñòåìà óïðàâëåíèÿ ñàéòîì MANAGER   DATACENTER UZINFOCOM