YO`LOVCHI TASHISH AVTOMOBIL YO`NALISHLARI TO`G`RISIDAGI MA`LUMOT
2011-yilning 1-oktabr holatiga ko`ra Respublika bo`yicha 3809 ta yo`lovchi yo`nalishlari faoliyat ko`rsatmoqda. Ulardan 982 tasi shahar, 2225 tasi shahar atrofi, 351 tasi shaharlararo-viloyat ichi va 251 tasi shaharlararo-viloyatlararo yo`nalishlardir. Yo`nalishlar tarmoqlarining umumiy uzunligi 186401,6 km.ni tashkil etadi. Faoliyat ko`rsatayotgan 3809 ta yo`nalishning 3758 tasi yoki 98,7 foizi tenderlar orqali joylashtirilgan. Shu jumladan, 2011-yilning 9 oyi mobaynida respublikamizda jami 112 ta ochiq tender o`tkazilib, ular orqali 1056 ta yo`lovchi tashish yo`nalishlari joylashtirilgan. Shundan 35 ta tenderda 298 ta shahar yo‘nalishlari, 72 ta tenderda 586 ta shaharatrofi va 74 ta viloyat hududidagi shaharlararo yo‘nalishlari hamda 5 ta tenderda 98 ta shaharlararo-viloyatlararo yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari tashuvchilar o‘rtasida joylashtirilgan. 2011-yilning yanvar-sentabr oylarida "O’zbekiston Respublikasida avtotransportda yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari tizimining rivojlanishi jadvalda aks etgan. _____________________________
Yangilangan sana: 04.11.2011 17:17
|