|
 |
TASHKILOT HAQIDA UMUMIY MA`LUMOTLAR VA ALOQA QILISH UCHUN MA`LUMOTLAR
O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 11 iyuldagi 296-sonli qarori bilan tashkil etilgan bo`lib, avtomobil va daryo transporti sohasini tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi davlat boshqaruv organidir.
Agentlikning vazifalari va vakolatlari yuqorida qayd etilgan qaror, shuningdek, O`zbekiston Respublikasining “Avtomobil transporti to`g`risida”gi Qonuni, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 4 iyundagi “Avtomobil transporti sohasida monopoliyadan chiqarish va boshqaruvni takomillashtirish to`g`risida”gi 2871-sonli Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 5 iyundagi “Avtomobil transporti sohasida boshqaruvning tashkiliy tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 245-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 10 martdagi “O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 118-sonli qarori hamda boshqa qator hukumat qarorlari bilan belgilab berilgan.
O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- avtomobil va daryo transportida yuk va yo`lovchilar tashishni tashkil etish va takomillashtirish bo`yicha normativ-huquqiy baza shakllantirilishini ta`minlash;
- iqtisodiyot tarmoqlari va aholining yuk va yo`lovchilar tashishga ehtiyojlarini hisobga olgan holda avtomobil va daryo transportini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalg oshirish, jamoat avtomobil va daryo transporti faoliyatini muvofiqlashtirish;
- avtomobil va daryo transporti xizmatlari bozorida bozor munosabatlarini va raqobat muhitini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni ta`minlash;
- avtomobil va daryo transporti sohasida yagona texnika siyosatini o`tkazish;
- avtomobil va daryo transportida yuk va yo`lovchilar tashishni litsenziyalashni tashkil etish, litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlari bajarilishini nazorat qilish;
- avtomobil va daryo transportida kadrlarni o`qitish va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
- mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga, O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligiga safarbarlik paytida va favqulodda vaziyatlarda avtomobil transporti maxsus bo`linmalari faoliyatini muvofiqlashtirishda ko`maklashish.
Qabulxona telefon raqami: (8-371) 244-72-86, faks: (8-371) 244-72-85. Pochta manzili: 100128, Toshkent sh., Zulfiyaxonim ko`chchasi, 3-uy. Elektron manzil: info@uzaart.uz
|
|
|
|