rus     eng     o'zb  
 
 
Sayt xaritasi Aloqa RSS
 
O`ZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYO TRANSPORTI AGENTLIGI
 
 
Bosh sahifa
Yangiliklar
Biz haqimizda
Komissiyalar, kengashlar, qomitalar
Litsenziyalash
Me`yoriy baza
Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari
Qo`shimcha interaktiv xizmatlar
Malakaviy talablar
Tenderlar
Tanlovlar
Tadbirlar
Avtotransport xizmati fakt va raqamlarda
Xalqaro munosabatlar
uForum


QTISODIYOT  TARMOQLARI  VA  AHOLINING  TASHUVLARGA  BO`LGAN  EHTIYOJLARINI  HISOBGA  OLGAN  HOLDA  AVTOMOBIL  TRANSPORTINI  RIVOJLANTIRISH,  TRANSPORT  XIZMATLARI  BOZORIDA  BOZOR  MUNOSABATLARINI  VA  RAQOBAT  MUHITINI  RIVOJLANTIRISH  UCHUN  QULAY  SHART-SHAROITLARNI  TA`MINLASH  TO`G`RISIDAGI  TAHLILIY  MA`LUMOTLAR

Umumiy foydalanish avtomobil transportini rivojlantirish maqsadida respublikada avtotransport sohasini rivojlantirishga yo`naltirilgan bir qator qonunlar - O`zbekiston Respublikasining "Avtomobil transporti to`g`risida"gi, "Shahar yo`lovchi tashish transporti to`g`risida"gi va "Yo`l harakati xavfsizligi to`g`risida"gi Qonunlari, avtotransport sohasiga ta`luqli Qarorlar va boshqa huquqiy-me`yoriy hujjatlar qabul qilingan.

Ushbu Qonun va Qarorlarni joriy etish va avtotransport xizmatlari bozorida teng raqobat muxitini yaratish maqsadida Agentlik tomonidan 100 dan ortiq meyoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilgan va o`rnatilgan tartibda tegishli idoralarda davlat ro`yxatidan o`tkazilib, amalga joriy etilgan. Shuningdek, ularga tashuvchilar tomonidan rioya qilinishi ham doimiy ravishda monitoring qilib boriladi. Zero, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 9 dekabrdagi "Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to`g`risida"gi Farmonining ijrosi bo`yicha qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 10 martdagi 118-sonli qaroriga muvofiq O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi davlat boshqaruvi organi bo`lib, unga avtomobil transportida tashishlarni tashkil etish va takomillashtirish bo`yicha normativ-huquqiy bazani shakllantirish, transport xizmatlari bozorida bozor munosabatlarini va raqobat muhitini rivojlantirish vakolatlari berilgan hamda bu boradagi asosiy vazifalari belgilab qo`yilgan.

Agentlik tomonidan mazkur vazifalardan kelib chiqqan holda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ham doimiy ravishda ishlar olib borilmoqda. Tadbirkorlar ishtirokida vaqti-vaqti bilan seminar-yig‘ilishlar o‘tkazilishi tashkil qilingan bo‘lib, mazkur tadbirlar sohada vujudga kelgan masalalarni birgalikda muhokama qilish va yechimini izlash, tadbirkorlarning takliflarini inobatga olgan holda sohani rivojlantirish istiqbollarini belgilab olishda juda qo‘l kelmoqda. Yiliga 100 ga yaqin ana shunday seminar-yig‘ilishlar, shahar va tumanlarda esa 250 dan ortiq ochiq uchrashuvlar tashkil qilinib, ularda 10 mingdan ortiq tadbirkorlar ishtirok etmoqdalar. Ushbu seminar-yig‘ilishlarda tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi YHXBB va Agentlik mas’ul xodimlariga bevosita murojaat qilishib, ulardan malakali javoblarni olishmoqda.

Sohada amalga oshirilgan islohotlar natijasida erishilgan yutuqlar orasida eng e’tiborli ko‘rsatkichlardan biri shuki, bugungi kunda avtotransport sohasida yirik tashuvchilarning monopolistligi to‘liq tugatilgan.

Avtotransport sohasini va kichik biznesni jadal rivojlantirishga ko‘maklashish hamda tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyat yuritishlari uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida Agentlik markaziy apparatining barcha bo‘lim va sho‘‘balari rahbarlari hamda hududiy bo‘limlar boshliqlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari, ayniqsa kichik biznes sub’ektlarining qonuniy haq-huquqlari himoya qilinishi, litsenziyalar berishda, tadbirkorik faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarni hal etishda barcha yuridik va jismoniy shaxslarga amaldagi qonun va boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiq muntazam ravishda amaliy yordam ko‘rsatib borilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Fuqarolar va tadbirkorlarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda barcha zarur malumotlarni yetkazish maqsadida Agentlikning www.uzaart.uz rasmiy saytida maxsus bo‘limlar ochilgan. Xususan, Davlat interaktiv xizmatlaridan tashqari qo‘shimcha interaktiv xizmatlari ko‘rsatishni yanada kengaytirish maqsadida sayt orqali "Malumotlar bazasidan qidiruv", "Avtotransport faoliyatini tartibga solish va boshqarish tartibi", "Tashuvchilar litsenziya olish uchun qaerga murojaat qilishlari lozim?", "Litsenziya olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati", "Tender tanlovida ishtirok etish tartibi", "Yo‘lovchi avtomobil yo‘nalishlari haqida malumotlar", "Avtotransport xizmatidan shikoyat qilish tartibi" kabi qo‘shimcha interaktiv xizmatlar ko‘rsatilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-iyuldagi "Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 138-sonli qarori bilan litsenziyalashning sodda mexanizmi tasdiqlangan va tashuvchilarning qisqa muddat ichida litsenziya olishlariga imkoniyat yaratilgan.

Avtomobil transportida yo‘lovchilar hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashishga litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji undirish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-iyuldagi 138-son qarorida belgilab berilgan. Mazkur qarorga oxirgi marta O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-sonli Qarori bilan o‘zgartirishlar kiritilgan bo‘lib, unga ko‘ra avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji avtotransport vositalarining o‘rindiqlar soni yoki yuk ko‘tarish qobiliyatidan kelib chiqib belgilangan tarifga asosan undiriladi.

Agentlik tomonidan umumiy foydalanish avtomobil transportini rivojlantirish, harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha yillik va istiqbolli (5 - 10 yilga mo‘ljallangan) dasturlar ishlab chiqilgan. Ular transport xizmatlari bozorida bozor munosabatlarini va raqobat muhitini rivojlantirish shart-sharoitlarini yaratishga qaratilgan bo‘lib, ularning bajarilishi bo‘yicha doimiy ishlar olib borilmoqda.

Respublikada yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini tashuvchilar orasida ochiq tenderlar orqali joylashtirish mexanizmi to‘liq joriy etilgan. Respublikaning viloyat va shaharlarida Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 17-avgustdagi 350-sonli va 1999-yil 29-iyuldagi 368-sonli qarorlari asosida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini ochiq tenderlar orqali joylashtirishni tashkil qilish masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosarlari raisligidagi komissiyalar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Ochiq tenderlar oshkoralik muhitida o‘tkazilmoqda va unda mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barchaning ishtirok etishiga imkoniyat yaratib berilgan. Shu bois yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlari tizimi jadal suratlar bilan rivojlanmoqda. Agar 2005-yilda respublikada jami 2000 ta yo‘nalish faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, 2011-yilning 1-oktyabr holatiga ko‘ra ularning soni 3809 taga yetdi. Ulardan 982 tasi shahar, 2225 tasi shahar atrofi, 351 tasi shaharlararo-viloyat ichi va 251 tasi shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlardir.

Yo‘nalishlar tarmoqlarining umumiy uzunligi 186401,6 km.ni tashkil etadi.

Ayni paytda respublikamizda mavjud 3809 ta yo‘lovchi avtomobil yo‘nalishlaridan 3367 tasi, yoki 98,7 foizi tender asosida joylashtirilgan.

2011-yilning 9 oyi mobaynida respublikamizda 112 ta ochiq tender tanlovlari o‘tkazilgan bo‘lib, ular orqali 1056 ta yo‘lovchi yo‘nalishlari joylashtirilgan. Shundan 35 ta tenderda 298 ta shahar yo‘nalishlari, 72 ta tenderda 586 ta shaharatrofi va 74 ta viloyat hududidagi shaharlararo yo‘nalishlari hamda 5 ta tenderda 98 ta shaharlararo-viloyatlararo yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari tashuvchilar o‘rtasida joylashtirilgan.

Respublikada avtomobil transporti xizmatlari bozorida bozor munosabatlarini va sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilganligi natijasida avtomobil transporti bilan tashilayotgan yuk hajmi va yo‘lovchi soni ham yildan yilga ortib bormoqda. Avtomobil transporti bilan 2001-yilda 658,7 mln.tonna yuk tashilib, 8,7 mlrd. tonna km. yuk aylanmasi hajmida ish bajarilgan bo‘lsa, 2010-yilda tashilgan yuk hajmi 1 mlrd. 66 mln. tonnani, yuk aylanmasi esa 24,5 mlrd. tonna km.ni tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkichlar 2001-yilga nisbatan tegishli ravishda 61,3 foizga va 2,8 marotabaga ortgan. 2010-yilda tashilgan yo‘lovchilar soni esa 5,9 mlrd. yo‘lovchini va 67,2  mlrd. yo‘lovchi km.ni tashkil qilib, 2001-yilga nisbatan tegishli ravishda 87,6 foizga va 2,8 marotabaga ortgan. Agar 2001-yilda bir kunda o‘rtacha 1,8 mln. tonna yuk va 8,7 mln. yo‘lovchi tashilgan bo‘lsa, 2010-yilda bir kunda o‘rtacha tashilgan yuk hajmi 2,9 mln. tonnani (o‘sish 61,1 foiz) va yo‘lovchi soni 16,2 mln. (o‘sish 86,2 foiz) yo‘lovchini tashkil etgan.
 
Shu bilan birga, avtomobil transportining boshqa barcha transport vositalari (temir yo‘l, havo, quvur va elektro transport) bilan tashilgan yuk hajmi va yo‘lovchi sonidagi ulushi 2001-yilda yuk tashish bo‘yicha 86,3 foizni va yo‘lovchilar tashishda 91,0 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2010-yil yakuni bilan yuk tashish bo‘yicha 90,6 foizni (2001-yilga nisbatan o‘sish 4,7 foiz), yo‘lovchilar tashishda esa 98,2 foizni (o‘sish 7,6 foiz) tashkil etdi.

Respublikada bosqichma-bosqich o‘tkazilayotgan islohotlar natijasida nodavlat (xususiy) sektorning yo‘lovchilar va yuklarni tashishdagi ulushi yil sayin ortib bormoqda. Hozirgi kunda yo‘lovchilarni tashish hajmining deyarli 100 foizi va yuk tashish hajmining deyarli 90 foizi xususiy sektor tomonidan amalga oshirilmoqda.

Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan "ISUZU" avtobuslarini yo‘nalishlarga chiqarish ishlari ham izchil davom ettirilmoqda. 2011 yilning 9 oyi davomida Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan «ISUZU» avtobuslaridan Andijon viloyatida 104 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 101 ta, Surxondaryo viloyatida 70 ta, Buxoro viloyatida 33 ta, Samarqand viloyatida 27 ta, Toshkent viloyatida 26 ta, Farg‘ona viloyatida 25 ta, Navoiy viloyatida 12 ta, Qashqadaryo viloyatida 11 ta, Xorazm viloyatida 10 ta va Toshkent shahrida 13 ta jami 432 ta avtobuslar lizing asosida sotib olinib, shahar va shahar atrofi yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yildi.


_____________________________
Yangilangan sana: 25.10.2011 11:38

Sayt bo`yicha qidirish:



 
 

© O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, 2012

UZINFOCOM èøëàíìàñè, Sayt boshqaruv tizimi MANAGER   DATACENTER UZINFOCOM