rus     eng     o'zb  
 
 
Sayt xaritasi Aloqa RSS
 
O`ZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYO TRANSPORTI AGENTLIGI
 
 
Bosh sahifa
Yangiliklar
Biz haqimizda
Komissiyalar, kengashlar, qomitalar
Litsenziyalash
Me`yoriy baza
Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari
Qo`shimcha interaktiv xizmatlar
Malakaviy talablar
Tenderlar
Tanlovlar
Tadbirlar
Avtotransport xizmati fakt va raqamlarda
Xalqaro munosabatlar
uForum


IQTISODIYOT  TARMOQLARI  VA  AHOLINING  TASHUVLARGA  BO`LGAN  EHTIYOJLARINI  HISOBGA  OLGAN  HOLDA  AVTOMOBIL  TRANSPORTINI  RIVOJLANTIRISH,  TRANSPORT  XIZMATLARI  BOZORIDA  BOZOR  MUNOSABATLARINI  VA  RAQOBAT  MUHITINI  RIVOJLANTIRISH  UCHUN  QULAY  SHART-SHAROITLARNI  TA`MINLASH  TO`G`RISIDAGI  TAHLILIY  MA`LUMOTLAR

Keyingi yillarda avtomobil transporti sohasida olib borilayotgan institutsional va huquqiy islohotlarning maqsadi - bu transport xizmatlarini ko‘rsatish huquqi ustidan adolatli raqobatga asoslangan avtomobil transporti faoliyatini yaxshilash, ushbu sektorga turli mulkiy shakldagi tashuvchilarni jalb etishdir.

Natijada bugungi kunda avtomobil transportida nodavlat sektor yetakchi o‘rinni egallamoqda. Mulkning nodavlat turidagi korxonalar tomonidan avtomobil transportida yuk tashishlarning deyarli 90 foizi va yo‘lovchi tashishlarning deyarli 100 foizi amalga oshiriladi.

Islohotlar samaradorligini esa avtomobil transporti faoliyatining quyidagi ko‘rsatkichlariga qarab baholash mumkin:

2011-yil 9 oyi yakuni bilan respublikaning barcha avtomobil transporti vositalari bilan jami 850,5 million tonna yuk va 4 milliard 552 million yo‘lovchi tashilib, ushbu ko‘rsatkich 2010-yilning shu davriga nisbatan tegishli ravishda 109,3 va 106,2 foizni tashkil etdi.

Yuk aylanmasi 18 milliard 448 million tonna km.ni (2010-yilning shu davriga nisbatan 106,0 foiz), yo‘lovchilar aylanmasi esa 52 milliard 510 million yo‘lovchi km.ni (2010-yilning shu davriga nisbatan 108,1 foiz) tashkil qildi.

Agarda avtomobil transporti faoliyatining 2001-2010-yillardagi asosiy ko‘rsatkichlarini qiyoslasak, unda 2010-yil yakunlarida yo‘lovchilar tashish hajmi 2001-yildagi ko‘rsatkichdan 87,6 foizga o‘sgan, yo‘lovchi aylanmasi esa mos ravishda 2,8 marotaba ko‘paygan.

Avtomobil transporti orqali yuk tashishlarning suratlari ham aynan shunday. 2010-yil yakunlariga ko‘ra yuk tashish hajmi 2001-yil ko‘rsatkichiga qaraganda 61,3 foizga o‘sgan, yuk aylanmasi mos ravishda 2,8 marotaba ko‘paygan. Ayniqsa, agrosanoat va qurilish majmualari yuklarini avtomobil orqali tashish hajmlari o‘sgan.

Barcha turdagi tranportlarda amalga oshiriladigan tashuvlar ichida avtomobil trasportining ulushi yo‘lovchi tashishda 98,2 foizga va yo‘lovchi aylanmasining 87,9 foiziga to‘g‘ri keladi. Tashilgan yuklar miqdori va yuk aylanmasi bo‘yicha avtomobil transportining solishtirma ulushi esa tegishli ravishda 90,6 va 32,3 foizga teng.

O`zbekiston Respublikasida 2005-2010-yillarda avtomobil transportida yo`lovchi tashish hajmi dinamikasi 1-jadvalda.

O`zbekiston Respublikasida 2005-2010-yillarda avtomobil transportida yo`lovchi aylanmasi hajmi dinamikasi 2-jadvalda.

O`zbekiston Respublikasida 2005-2010-yillarda avtomobil transportida yuk tashish hajmi dinamikasi 3-jadvalda.

O`zbekiston Respublikasida 2005-2010-yillarda avtomobil transportida yuk aylanmasi hajmi dinamikasi 4-jadvalda.

Mamlakatimizda asosan O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan (“Dji Em O’zbekiston” QK, “Samavto” zavodlari) hamda Rossiya, Ukraina, Belarus va uzoq xorij mamlakatlari (Germaniya, Turkiya, Janubiy Koreya, Xitoy) zavodlari tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillar ishlatiladi. Ayniqsa keyingi paytda tashuvchilar o‘z transport vositalari parkini yangi va zamonaviy ulovlar bilan to‘ldirishga harakat qilmoqda. Xususan, Samarqand avtomobil zavodida zamonaviy avtobuslar hamda katta va kichik hajmli yuk avtomobillari ishlab chiqarilayotgani tashuvchilarga juda qo‘l kelmoqda.

2011-yilning 1-oktyabr holatiga ko‘ra Respublika bo‘yicha 3809 ta yo‘lovchi yo‘nalishlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan 982 tasi shahar, 2225 tasi shahar atrofi, 351 tasi shaharlararo-viloyat ichi va 251 tasi shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlardir.

Yo‘nalishlar tarmoqlarining umumiy uzunligi 186401,6 km.ni tashkil etadi.

Ayni paytda respublikamizda mavjud 3809 ta yo‘lovchi avtomobil yo‘nalishlaridan 3367 tasi, yoki 98,7 foizi tender asosida joylashtirilgan.

2011 yilning 9 oyi mobaynida respublikamizda 112 ta ochiq tender tanlovlari o‘tkazilgan bo‘lib, ular orqali 1056 ta yo‘lovchi yo‘nalishlari joylashtirilgan. Shundan 35 ta tenderda 298 ta shahar yo‘nalishlari, 72 ta tenderda 586 ta shaharatrofi va 74 ta viloyat hududidagi shaharlararo yo‘nalishlari hamda 5 ta tenderda 98 ta shaharlararo-viloyatlararo yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari tashuvchilar o‘rtasida joylashtirilgan.

2011-yilning yanvar-sentabr oylarida "O`zbekiston Respublikasida avtotransportda yo`lovchi tashish yo`nalishlari tizimining rivojlanishi 5-jadvalda aks etgan.

Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan "Isuzu" avtobuslarini yo‘nalishlarga chiqarish ishlari ham izchil davom ettirilmoqda. 2011 yilning 9 oyi davomida Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan «Isuzu» avtobuslaridan Andijon viloyatida 104 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 101 ta, Surxondaryo viloyatida 70 ta, Buxoro viloyatida 33 ta, Samarqand viloyatida 27 ta, Toshkent viloyatida 26 ta, Farg‘ona viloyatida 25 ta, Navoiy viloyatida 12 ta, Qashqadaryo viloyatida 11 ta, Xorazm viloyatida 10 ta va Toshkent shahrida 13 ta jami 432 ta avtobuslar lizing asosida sotib olinib, shahar va shahar atrofi yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yildi.

Kengaytirilgan ma`lumot





_____________________________
Yangilangan sana: 25.10.2011 13:52

Sayt bo`yicha qidirish:



 
 

© O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, 2012

UZINFOCOM èøëàíìàñè, Sayt boshqaruv tizimi MANAGER   DATACENTER UZINFOCOM