rus     eng     o'zb  
 
 
Sayt xaritasi Aloqa RSS
 
O`ZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYO TRANSPORTI AGENTLIGI
 
 
Bosh sahifa
Yangiliklar
Biz haqimizda
Komissiyalar, kengashlar, qomitalar
Litsenziyalash
Me`yoriy baza
Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari
Qo`shimcha interaktiv xizmatlar
Malakaviy talablar
Tenderlar
Tanlovlar
Tadbirlar
Avtotransport xizmati fakt va raqamlarda
Xalqaro munosabatlar
uForum


 
MARKAZIY APPARAT 
 
SHORAHMETOV
Ilhom Shavkatovich

Agentlik apparati rahbari
Agentlik apparati rahbarining asosiy vazifalari:
  • hay`at majlisi, haftalik apparat yig`ilishi va Agentlikda o`tkaziladigan boshqa majlislarni tayyorlash;
  • O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Oliy Majlis qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, topshiriqlari va ko`rsatmalarining ijrosini nazorat qilish;
  • bo`lim va bo`linmalarni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, topshiriqlari va ko`rsatmalari, O`zbeksiton Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi qarorlari ijrosini tashkil etish va uni nazorat qilish bo`yicha me`yoriy-huquqiy hujjatlar bilan ta`minlash;
  • Agentlik bo`lim va bo`linmalari tomonidan O`zbekiston Respublikasi rahbarlik organlari qarorlarining, Agentlik buyruq va topshiriqlarining ijro etilishi, belgilangan ish tartibi hamda ishlab chiqarish yo`riqnomasiga rioya etilishi ustidan nazorat o`rnatish, Agentlikka kelib tushgan fuqarolar murojaatlari va shikoyat arizalarini ko`rib chiqish;
  • kelib tushgan hujjatlarni rahbariyatning rezolyusiyasidan so`ng ijro va nazoratni tashkil qilish to`g`risidagi "Nizom"ga muvofiq tegishli ijrochilarga topshiriqlar bilan yetkazish;
  • hay`at majlislari, haftalik apparat yig`ilishlari, Agentlikdagi boshqa majlislarni o`tkazishga tayyorgarlik ko`rishda ishtirok etish;
  • Agentlik tomonidan o`tkaziladigan majlis, yig`ilish, qabul va boshqa tadbirlarda xizmat ko`rsatishni tashkil qilish;
  • ijro intizomi bo`yicha monitoring o`tkazish va hisobotlarni tuzish;
  • Agentlikning hay`at yig`ilishlari, majlis bayonnomalarini yuritish;
  • kanselyariyaning sifatli va tezkor ishini tashkil qilish;
  • kelib tushayotgan hujjatlar, fuqarolarning ariza, shikoyat va murojaatlariga o`z vaqtida va sifatli ishlov berish, ularni ro`yxatdan o`tkazish va hisobini yuritishni ta`minlash;
  • ish boshqaruvi vakolatiga kiruvchi masalalar bo`yicha boshqa tashkilotlar bilan aloqani amalga oshirish.


Telefon: 241-91-80,
e-mail: i.shorahmetov@uzaart.uz





DALILOV
Mirhamid Mirsaidovich

Litsenziyalash, harakat xavfsizligini tashkil etish va nazorat qilish bo`limi boshlig`i v.b. 
Litsenziyalash, harakat xavfsizligini tashkil etish va nazorat qilish bo`limining asosiy vazifalari:
  • avtomobil` transportida litsenziyalangan faoliyatni tashkil qilish va takomillashtirish;
  • tashuvchilar faoliyatini belgilangan tartibda litsenziyalash, avtomobil` transporti sohasida litsenziya talab va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish;
  • litsenziyalangan faoliyatni takomillashtirish bo`yicha me`yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
  • soliq, statistika, ichki ishlar va boshqa idoralar bilan o`zaro hamkorlik qilish;
  • har bir faoliyat bo`yicha alohida litsenziyalar reestrini yuritish;
  • yo`l harakati xavfsizligi va avtotransportda halokatli holatlarni qisqartirishni ta`minlash borasidagi ishda ishtirok etish.


Telefon: 241-91-30,
e-mail: m.dalilov@uzaart.uz
G`AFFOROV
Mahmud Jo`raxonovich

Moliya va buxgalterlik hisobi bo`limi boshlig`i


Telefon: 244-47-28,
e-mail: m.gafforov@uzaart.uz
Moliya va buxgalterlik hisobi bo`limining asosiy vazifalari:
  • Agentlik bo`yicha markazlashgan buxgalteriya hisobini amalga oshirish;
  • Agentlikning iqtisodiy va buxgalteriya faoliyatini tashkil qilish va takomillashtirish;
  • buxgalteriya hisobi tartibi to`g`risidagi tavsiya, yo`riqnoma, nizomlarni ishlab chiqish borasida Agentlik hududiy bo`limlariga metodik jihatdan rahbarlik qilish;
  • hisob raqamlardagi aktivlar holati va harakati, mulkiy huquq va majburiyatlar holati yuzasidan to`liq va haqqoniy ma`lumotlarni shakllantirish;
  • hisob raqamlarning Agentlikda mo``tadil faoliyat yuritilishi uchun zarur bo`lgan amaldagi rejasi asosida buxgalteriya amaliyotini amalga oshirish;
  • avtotransport faoliyatini amalga oshirish uchun beriladigan litsenziyalar bo`yicha yig`ilgan davlat bojini taqsimlash va uni davlat byudjetiga, shahar yo`lovchi tashish tarmog`ini rivojlantirishga yo`naltirish;
  • litsenziyalash faoliyatidan olinadigan davlat boji va yig`imlarning kirimi to`liq amalga oshirilayotganligi ustidan nazorat qilish;
  • mehnatga haq to`lashni tashkil qilishga oid masalalar;
  • soliqqa tortish masalalari;
  • Agentlikning Rivojlantirish dasturida nazarda tutilgan me`yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashish;
  • belgilangan vakolat doirasida vazirlik, idora va tashkilotlarda Agentlik manfaatlarini himoya qilish.
MAGAY
Galina Sergeevna

Me`yoriy hujjatlar ishlab chiqarish bo`limi boshlig`i
Me`yoriy hujjatlar ishlab chiqarish bo`limining asosiy vazifalari:
  • avtomobilda tashishni tashkil qilish va takomillashtirishga oid me`yoriy-huquqiy bazani shakllantirish;
  • bozor munosabatlari va transport xizmati bozorida raqobat muhitini rivojlantirish uchun maqbul sharoitlarni yaratish;
  • yagona texnikaviy siyosatni shakllantirish va o`tkazish;
  • iqtisodiyot tarmoqlari va aholining tashishlarga bo`lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda avtomobil` va daryo transportini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • me`yoriy-huquqiy hujjatlarni kelishilgan holda ishlab chiqish va tasdiqlashga taqdim etish;
  • vazirlik va idoralarning me`yoriy-huquqiy hujjatlari, dasturlari, loyihalari, shuningdek, tarmoqni rivojlantirishga aloqador boshqa hujjatlarning Agentlik faoliyatiga oid qismi bo`yicha ekspertiza va kelishuv ishlarini amalga oshirish;
  • yo`lovchi tashish yo`nalishlari tarmog`ini rivojlantirish ustidan monitoring o`tkazish, ularni tender asosida joylashtirish mexanizmlarini joriy etish, mulkchilik shaklidan qat`iy nazar barcha tashuvchilarga teng huquqli faoliyat yuritish sharoitlarini yaratishga doir qonunchilik bazasini shakllantirish;
  • Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan halqaro va shaharlararo-viloyatlararo yo`lovchilarni avtomobilda tashish yo`nalishlarini ochish (yopish) masalalari bo`yicha hamkorlik qilish, O`zbekiston Respublikasi IIV bilan kelishilgan holda yo`nalishlarni tasdiqlash uchun hujjatlarni tayyorlash;
  • O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda avtomobil` transportida tarif siyosatini shakllantirish masalalari;
  • avtomobil` transporti sohasida davlat boshqaruvi va muvofiqlatiruvining yangi institutlarini shakllantirishda ishtirok etish.


Telefon: 241-20-54,
e-mail: g.magay@uzaart.uz
ZAXIDOV
Aziz Eldarovich

Tashqi iqtisodiy faoliyat bo`limi boshlig`i


Telefon: 244-68-59,
e-mail: a.zakhidov@uzaart.uz
Tashqi iqtisodiy faoliyat bo`limining asosiy vazifalari:
  • O`zbekiston avtomobil` va daryo transporti agentligining tashqi iqtisodiy faoliyati samarali rivojlanishini ta`minlash;
  • xalqaro avtomobilda tashishlar borasidagi xalqaro huquq me`yorlari, O`zbekiston Respublikasi ishtirok etgan xalqaro konvensiyalar, shartnomalar va bitimlar qoidalariga rioya etilishini ta`minlash va nazorat qilish; 
  • avtomobil` va daryo transporti sohasida xalqaro bitimlar loyihalarini ishlab chiqish, ekspertiza qilish, imzolanganlarini tasdiqlatish, shuningdek, amaldagi Bitimlar bajarilishi ustudan nazorat qilish;
  • xalqaro avtomobil` va daryo transporti sohasida hukumatlararo va idoralararo loyihalarni tayyorlashda ishtirok etish;
  • parafirlangan, tasdiqlangan va ratifikatsiya qilingan hukumatlararo bitimlar nusxalari hisobini yuritish va saqlash;
  • xalqaro avtomobil` va daryo transporti sohasida xalqaro hamkorlikka oid me`yoriy bazani takomillashtirish;
  • xorijiy hamkorlar bilan muzokaralarni tashkillashtirish chora-tadbirlarini tayyorlash va tashkil qilish;
  • xalqaro avtomobilda tashishlarni amalga oshirish bo`yicha ruxsatnoma blanklarini almashtirish, taqsimlash, hisobini yuritish;
  • xalqaro avtotashuvchilarni xorijiy davlatlar hududida yuz bergan o`zgarishlar va shartlar to`g`risida xabardor qilish;
 


SAGATOV
Sunnat To`laganovich

Axborot-tahlil guruhi rahbari
Axborot-tahlil guruhining asosiy vazifalari:
  • avtomobil` transporti sohasida bozor islohotlari amalga oshirilishini tizimli va kompleks o`rganishni, yo`lovchi va yuklarni tashuvchi korxonalarni xususiylashtirish va aksionerlashtirish jarayonlarini rivojlantirish;
  • O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 20 iyuldagi "2007-2010 yillarda xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish va xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish chora-tadbirlari to`g`risida"gi 672-son qarorining bajarilishi va avtotashuvchilar hududiy uyushmalari aksiyadorlik jamiyatlari, "O`zshaharlararoavtotrans" ICHB va "O`ztranssanoat" assotsiatsiyasi tomonidan aksiyalar sotilishi yuzasidan monitoring o`tkazish;
  • iqtisodiy va ijtimoiy vaziyat, sohaviy va hududiy kesimda iqtisodiy islohotlar borishi, xususiylashtirish, institutsional dasturlarni rivojlantirish, avtotransport xizmatlari bozorini shakllantirish masalalari bo`yicha tahliliy materiallarni tayyorlash;
  • Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan aholi va korxonalarning avtomobil` tashishlariga bo`lgan ehtiyojlari taxminiy rejasini ishlab chiqish, shuningdek, ularning rivojlanishi dinamikasini tahlil qilish masalalari bo`yicha hamkorlik yuritish;
  • yuk tashuvchi avtomobil` transportida tariflarni shakllantirish mexanizmini tahlil qilish, tarifga oid siyosatni takomillashtirish bo`yicha takliflarni tayyorlash;
  • "O`zbekiston avtomobil` va daryo transporti agentligi faoliyatining asosiy ko`rsatkichlari" va "Avtotashuvchilar hududiy uyushmalari faoliyatining asosiy ko`rsatkichlari" axborot byulletenlarini chiqarish uchun materiallarni tayyorlash va tahlil qilish;
  • avtotashuvchilar hududiy uyushmalari bo`yicha debitorlik va kreditorlik qarzlari, qishloq xo`jaligi hamda "O`zpaxtasanoat" uyushmasi va "O`znonmahsulot" kompaniyasi korxonalariga ko`rsatilgan transport xizmatlari uchun debitorlik qarzlarni qoplashda amaliy yordam ko`rsatish yuzasidan monitoring o`tkazish;
  • O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 5 avgustdagi 280-sonli qarori talablariidan kelib chiqqan holda tashuvchilarning avtotransport faoliyatidan tushgan naqd pullarini banklarga topshirishini monitoring qilish;
  • donni tashish uchun tayyorlanayotgan yuk transportining texnik holati, ajratilgan transport vositalari soni va avvalgi yillarda tashilgan boshoqli don mahsulotlari hosili hajmi to`g`risidagi ma`lumotlarni to`plash va umumlashtirish;
  • paxta xomashyosi va paxtakorlarni tashish uchun tayyorlanayotgan avtobuslarning texnik holati, paxta tashish uchun ajratilgan transport vositalari, traktorlar (tirkama) soni va avvalgi yillarda tashilgan paxta xomashyosi hosili hajmi to`g`risidagi ma`lumotlarni to`plash va umumlashtirish.


Telefon: 241-30-81,
e-mail: s.sagatov@uzaart.uz



TOSHNIYOZOV
Norbek Hakimovich

Axborot xizmati rahbari — matbuot kotibi
Axborot xizmatining asosiy vazifalari:
  • idora rahbariyati tomonidan belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda qatnashish;
  • idora faoliyati sohasidagi me`yoriy-huquqiy hujjatlarning milliy ommaviy axborot vositalarida e`lon qilinishini ta`minlash;
  • milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida idora faoliyatining dolzarb jihatlarini, tegishli sohadagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish masalalarini yoritish;
  • internet tarmog`ida idora veb-resurslarini tashkil etish, ularning samarali faoliyatini ta`minlash;
  • idoraga nisbatan ijtimoiy fikrning ahvolini hamda mahalliy, respublika va xorijiy ommaviy axborot vositalari munosabatini tahlil qilish va ular to`g`risida idora rahbariyatini xabardor qilish. 

Aloqa qilish uchun






Telefon: 244-29-97,
e-mail: n.toshniyozov@uzaart.uz
AZIZOV
Valijon Pardayevich

Daryo kemachiligi registri va kemachilik inspeksiyasi bosh mutaxassisi
Daryo kemachiligi registri va kemachilik inspeksiyasining asosiy vazifalari:
  • xavfsiz suzish va xavfsiz ekspluatatsiya qilish, inson hayotini himoyalash, yuklarni ishonchli ravishda tashish, ekologik va sanitariya me`yorlariga rioya qilish, O`zbekiston Respublikasi ishtirok etgan xalqaro konvensiyalar talablarini bajarishga oid shartlarni ta`minlovchi texnik talablar belgilangan me`yoriy-huquqiy hujjatlar va qoidalarni ishlab chiqish;
  • nazorat qilinishi zarur bo`lgan kema va suzuvchi vositalar, shuningdek, kemalarni qurish va ta`mirlash uchun qo`llaniladigan material va buyumlarning Qoidalar va Registr talablariga muvofiqligini aniqlash;
  • kema va suzuvchi inshootlarni loyihalashtirish, ekspluatatsiya qilish, ta`mirlash va qayta jihozlashning insonlar hayotini suvda himoya qilinishini va kemalar suzishi xavfsizligini ta`minlovchi talablari bajarilishi ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda nazoratni tashkil etish va amalga oshirish;
  • ekspluatatsiya qilinayotgan kema va suzadigan inshootlarni hisobga olish, tasniflash, ro`yxatdan o`tkazish va tekshirishni amalga oshirish;
  • kema va suzuvchi vositalarga tasniflash guvohnomasi, suzishga yaroqlilik to`g`risidagi guvohnoma, neft`, oqava suvlari va chiqindilardan ifloslanishni bartaraf etish haqidagi guvohnoma va Registr Qoidalarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlarni berish;
  • kemachilik xavfsizligini ta`minlash masalalariga oid O`zbekiston Respublikasi hukumati qarorlari, qoidalari, yo`riqnoma va boshqa me`yorlari bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish orqali O`zbekiston Respublikasining ichki suv yo`llarida halokatli holatlar sodir bo`lishining oldini olish bo`yicha profilaktika ishlarini o`tkazish, shuningdek, kemalarning xavfsiz suzishiga daxl qiluvchi buzilishlarni bartaraf etish va ularning oldini olish bo`yicha choralar ko`rish;
  • flotda kemalar suzishi xavfsizligini kuchaytirish maqsadida kemani boshqarishning yangicha usullari joriy etilishiga oid chora-tadbirlarni tashkil qilish, amalga oshirish va nazorat qilish;
  • kemalar o`tuvchi yo`llardan foydalanadigan kema jamoalari, tashkilotlar va idoralarda kemachilik xavfsizligini ta`minlash va halokatlarning oldini olish bo`yicha tushuntirish ishlarini olib borish.


Telefon: 241-10-52,
e-mail: v.azizov@uzaart.uz
VOISOV
Ortiq Qo`shnazarovich

Bosh maslahatchi huquqshunos
Huquqshunoslik xizmatining asosiy vazifalari:
  • Agentlikning boshqa bo`linmalari bilan hamkorlikda Agentlikda qonunchilikning to`g`ri qo`llanilishini ta`minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, amaldagi qonunchilikka zid ravishda chiqarilgan hujjatlar bekor qilinishiga oid choralarni ko`rish;
  • rahbariyatga imzolash uchun taqdim etilayotgan buyruqlar loyihalari va huquqiy xarakterga ega boshqa hujjatlarning qonunchilikka muvofiqligini nazorat qilish va ularni imzolash;
  • xo`jalik shartnomalarini huquqiy ekspertizadan o`tkazish, mehnat haqidagi qonunchilikka rioya etilishini ta`minlaydigan huquqiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
  • da`vo ishlarini olib borish, Agentlik faoliyatida xo`jalik sudi ko`rib chiqqanidan so`ng aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo`yicha choralarni ko`rish;
  • Agentlik manfaatlarini sudda, xo`jalik sudida, boshqa tashkilotlarda huquqiy masalalar muhokamasi davomida himoya qilish;
  • Agentlikning yuridik xizmati huquqiy ishi va faoliyatining turli yo`nalishlari bo`yicha tavsiya va ko`rsatmalarni ishlab chiqish;
  • hududiy bo`limlarga amaldagi me`yoriy hujjatlardagi yangi o`zgarishlar to`g`risidagi axborotni, Adliya vazirligining ko`rsatmalarini yetkazish, Agentlik rahbariyati uchun qonunchilikka oid ma`lumot materiallarini tayyorlash, huquqiy masalalar bo`yicha maslahatlar berish.


Telefon: 241-14-19,
e-mail: o.voisov@uzaart.uz
ZOHIDOV
Hojakbar Saitovich

Xodimlar bo`yicha mutaxassis
Xodimlar xizmatining asosiy vazifalari:
  • Agentlik xodimlarini ishga qabul qilish, boshqa ishga o`tkazish va ishdan bo`shatish, ta`til berilishini o`z vaqtida rasmiylashtirishni O`zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligiga, Agentlik nizomi, yo`riqnomalari va Agentlik boshlig`i buyruqlariga muvofiq tashkil qilish;
  • shaxsiy tarkibning hisobini yuritish, Agentlik xodimlari haqidagi ma`lumotlar to`plangan shaxsiy yig`ma jildlarini shakllantirish;
  • mehnat daftarchalarini yuritish, to`ldirish, hisobini olib borish va saqlash, mehnat stajini hisoblash, xodimlarning hozirgi va oldingi mehnat faoliyati haqida ma`lumotnomalar berish;
  • xodimlarning mehnat ta`tili jadvali, qorovullar va Agentlik xodimlarining bayram kunlaridagi navbatchilik jadvallarini tuzish hamda ularga rioya etilishini nazorat qilish;
  • Agentlik xodimlarining attestatsiya hujjatlarini tayyorlash va rasmiylashtirish, attestatsiya komissiyasining tavsiyalarini bajarish bo`yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish;
  • Agentlik markaziy apparati va hududiy bo`limlarining shaxsiy tarkibiga tegishli buyruqlar, yo`riqnomalar va boshqa me`yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
  • Agentlikning rahbarlari nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlarga kadrlarni tanlash maqsadida mutaxassislarning ishbilarmonlik, yetakchilik, kasbiy mahorat kabi fazilatlarini tizimli ravishda o`rganish;
  • kadrlar zahirasini yaratish, yangilash va to`ldirishda, tasdiqlangan zahiradan rahbar kadrlar tarkibini shakllantirishda ishtirok etish;
  • mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish;
  • tabel` hisobini tashkil qilish, mehnat intizomi holati, xodimlarning ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
  • Agentlik xodimlarining shaxsiy guvohnomalari hisobini yuritish, rasmiylashtirish va berish;
  • xizmat safariga oid hujjatlarni rasmiylashtirish;
  • shaxsiy tarkib hisobini yuritish va kadrlar bilan ishlash bo`yicha belgilangan hisobdorlikni tuzish;
  • kadrlar bilan ishlash jarayonini, xodimlar qo`nimsizligi, ishga sababsiz kelmaslik sabablarini va boshqa mehnat intizomini buzish hollarini o`rganish va tahlil qilish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo`yicha takliflar tayyorlash.


Telefon: 241-56-39,
e-mail: h.zohidov@uzaart.uz













 
_____________________________
Yangilangan sana: 14.04.2011 16:52

Sayt bo`yicha qidirish:



 
 

© O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, 2012

UZINFOCOM ишланмаси, Sayt boshqaruv tizimi MANAGER   DATACENTER UZINFOCOM