rus     eng     o'zb  
 
 
Sayt xaritasi Aloqa RSS
 
O`ZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYO TRANSPORTI AGENTLIGI
 
 
Bosh sahifa
Yangiliklar
Biz haqimizda
Komissiyalar, kengashlar, qomitalar
Litsenziyalash
Me`yoriy baza
Xalqaro munosabatlar
Interaktiv xizmatlar
Malakaviy talablar
Tenderlar
Tadbirlar
Fuqarolar murojaatlarini ko`rish
Avtotransport xizmati fakt va raqamlarda


KORXONALAR

Avtomobil va daryo transporti rivojini me`yoriy-texnik ta`minlash Respublika Markazi

ERBEKOV
Sherbek Ismoilovich
Bosh direktor

Telefon: 241-14-07
e-mail: sh.erbekov@uzaart.uz

      Avtomobil va daryo transporti rivojini me`yoriy-texnik ta`minlash Respublika Markazi O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining tarkibiy bo`linmasi hisoblanadi.

      Markaz tarkibida quyidagi bo`limlar mavjud:
  • Avtomobil transportida standartlash va texnik siyosat bo`yicha bo`lim;
  • Atrof-muhitni himoya qilish va yonilg`i tejamkorligi bo`limi;
  • O`lchov texnikalari markaziy tajribaxonasi;
  • Axborot-tahlil bo`limi;
  • Sanoat xizmati va kemachilik registri bo`limi.
     Markaz tomonida 43 ta davlat standartlari, tarmoq standartlari, rahbarlik hujjatlari ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan.

      Markaz "O`zstandart" Agentligi tomonidan quyidagi xizmatlarni ko`rsatish huquqi uchun akkreditatsiya qilingan:
  • avtomobil transporti sohasidagi o`lchov vositalarini moslash va ta`mirlash huquqi uchun;
  • avtotransport vositalarining nazorat qurilmalari (taxograflar) o`rnatish, ularga xizmat ko`rsatish va ta`mirlash huquqi uchun.
      Markaz Rossiya Federatsiyasining "Resskiy registr" sertifikatsiyalash organi tomonidan sertifikatlangan va Xalqaro ISO 9000 standartiga muvofiqlik to`g`risidagi sertifikatga ega.
      
      Markaz Rossiya Dengiz kemachiligi Registri bilan hamkorlikda kattatonnalik konteynerlarga guvohnoma berish bilan shug`ullanadi.

      Markaz o`ziga yuklangan barcha turdagi ishlarni bajarish uchun kerakli bo`lgan zarur jihozlar bilan ta`minlangan bo`lib, yetarlicha me`yoriy-uslubiy bazaga ham ega.
      
      Murojaat uchun: Telefon: 241-14-07, Faks: 241-03-46. Manzil: 1000011, Toshkent, Navoiy ko`chasi, 7-uy.


"Avtodaryotrans-ilm" Davlat ilmiy-metodik markazi

ISAYEV
Lutfulla Isayevich
Bosh direktor

e-mail: l.isayev@uzaart.uz

      Avtomobil va daryo transporti sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish masalasida yagona siyosat yuritish, bu boradagi muammolar yuzasidan hamma tomonlama tadqiqotlar olib borish hamda sohaga doir me`yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda 2002 yilda O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi qoshida

      "Avtodaryotrans-ilm" Markazi avtomobil va daryo transporti sohasida qonunchilik va me`yoriy-huquqiy bazani ishlab chiqish va takomillashtirish ishida ishtirok etadi. Markaz tomonidan 5 ta hujjat ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan.

      Markaz avtotransport xizmati ko`rsatuvchi yuridik shaxslarning rahbarlarini va harakat xavfsizligi uchun mas`ul xodimlarini, shuningdek, avtotransport xizmati ko`rsatuvchi xususiy tadbirkorni qayta tayyorlash bo`yicha ish olib boradi. Shu bilan birga Markaz Respublikaning haydovchi kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash uchun o`quv-metodik hujjatlar hamda dasturlar ishlab chiqish jarayonida ham ishtirok etadi ("Malakaviy talablar" bo`limiga qarang).

      Murojaat uchun: Telefon: 241-34-68, Manzil: 1000011, Toshkent, Navoiy ko`chasi, 7-uy.



_____________________________
Yangilangan sana: 06.11.2008 14:22

Sayt bo`yicha qidirish:


Подробнее на www.nbu.com


 
 

© Узбекское агентство автомобильного и речного транспорта, 2008

Разработка UZINFOCOM, Система управления сайтом MANAGER   DATACENTER UZINFOCOM