rus     eng     o'zb  
 
 
Sayt xaritasi Aloqa RSS
 
O`ZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYO TRANSPORTI AGENTLIGI
 
 
Bosh sahifa
Yangiliklar
Biz haqimizda
Komissiyalar, kengashlar, qomitalar
Litsenziyalash
Me`yoriy baza
Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari
Qo`shimcha interaktiv xizmatlar
Malakaviy talablar
Tenderlar
Tanlovlar
Tadbirlar
Avtotransport xizmati fakt va raqamlarda
Xalqaro munosabatlar
uForum


O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining Me`yoriy hujjatlar ishlab chiqish bo`limi boshlig`i o`rinbosari T.Jamolxo`jayevning Qoraqalpog`iston Respublikasi, Nukus shahrida o`tkazilgan seminar-kengashdagi ma`ruzasi

Assalomu alaykum, hurmatli seminar qatnashchilari !

Hammangizga ma`lum, respublikamizda 2011 yil "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili" deb e`lon qilingan.

Shu munosabat bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 7 fevraldagi "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili Davlat dasturi to`g`risida"gi 1474-PQ-sonli qarori bilan Davlat dasturi tasdiqlandi.

Ushbu Davlat dasturi quyidagi yo`nalishlarga asoslangan:
  • mamlakatimiz va uning hududlarida yanada qulay biznes-muhit yaratish, xususiy mulkchilikning ustuvorligini mustahkamlashga yo`naltirilgan qonun hujjatlarini takomillashtirish va bu borada ishonchli kafolatlarni ta`minlash, tadbirkorlikka ko`proq erkinlik berish, davlatning boshqaruv funksiyalari va ruxsat beruvchi normalarni qisqartirish, byurokratik to`siq va g`ovlarni olib tashlash, kichik biznes sub`ektlarining moliya-kredit va xomashyo resurslaridan, ular ishlab chiqaradigan mahsulotlarga davlat buyurtmalari berilishidan keng foydalanishini ta`minlaydigan bozor vositalari va mexanizmlarini tatbiq etish;
  • davlat va nazorat organlarining tadbirkorlik sub`ektlari moliya-xo`jalik faoliyatiga aralashuvini keskin qisqartirish;
  • kichik korxonalar tashkil qilish hamda kichik korxonalar va tadbirkorlarni ro`yxatdan o`tkazish tartib-qoidalarini yanada soddalashtirish, kichik biznes sub`ektlarini qurish va ularni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash, noturarjoy xonalari va zarur yer uchastkalarini ajratib berish borasidagi masalalarni hal etish bo`yicha aniq chora-tadbirlarni qabul qilish;
  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi uchun soliq va boshqa to`lovlar bo`yicha yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, imtiyozlar berish, hisobotlar tizimi hamda moliya, soliq va statistika organlariga hisobotlar topshirish mexanizmini takomillashtirish;
  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlariga kreditlar berish mexanizmini yanada takomillashtirish va ularning hajmini oshirish, birinchi navbatda, investitsiya maqsadlariga, boshlang`ich sarmoyani shakllantirishga kreditlar ajratish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish hamda texnologik yangilash uchun o`rta va uzoq muddatli kreditlar berish;
  • kichik biznesni rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni, avvalambor, xalqaro moliya institutlarining kreditlarini hamda to`g`ridan-to`g`ri investitsiyalarni keng jalb etish va yo`naltirish;
  • sanoat tarmoqlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda yuqori texnologiyaga asoslangan zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun keng imkoniyatlar yaratish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalar joriy etilishini rag`batlantirish;
  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatdagi ishtirokini kengaytirish masalalarini tubdan hal etish, ularning eksport salohiyatini oshirishga, eksportga mo`ljallangan mahsulotini jahon va mintaqaviy bozorlarga olib chiqishga ko`maklashish;
  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarini axborot bilan ta`minlash, shuningdek, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish masalalarida ularga konsultativ ko`mak berish tizimini yanada rivojlantirish.
Davlat dasturining bajarilishini tashkil etish va uning monitoringini olib borish vazifasi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 14 dekabrdagi F-3539-son Farmoyishiga muvofiq "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili Davlat dasturining bajarilishini tashkil etish bo`yicha tuzilgan Respublika komissiyasi zimmasiga yuklatilgan.

Shuningdek, O`zbekiston matbuot va axborot agentligi, O`zbekiston Milliy axborot agentligi, O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, ommaviy axborot vositalariga aholi, ayniqsa tadbirkorlik sub`ektlari o`rtasida "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili" Davlat dasturining maqsad va vazifalari keng ko`lamda tushuntirilishini hamda respublika davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishga qo`shgan aniq hissasini aks ettirgan holda, Dasturning amalga oshirilishining muntazam yoritib borilishini ta`minlash vazifasi yuklatilgan.

Ushbu belgilangan vazifalarining bajarilishini ta`minlash maqsadida, Agentlik tomonidan sohaviy dastur ishlab chiqilib tasdiqlandi. Unda yuqorida qayd etilgan yo`nalishlar ko`zda tutilgan.

Hozirgi kunda avtotransport tashuvlarini amalga oshirishda yo`lovchilar xavfsizligini ta`minlash masalasiga katta e`tibor qaratilmoqda. Ayniqsa yo`lovchilar avtovokzal va avtostansiyalarda bo`lganlarida, avtobuslarga chiqayotgan va undan tushayotganlarida, avtobus salonida harakatlanayotganlarida hamda ular tomonidan olib yurilishga ruxsat etilgan bagajlarini tashishlarida xavfsizlik choralariga jiddiy ehtiyoj seziladi.

Agentlik tomonidan avtotransport sohasiga oid 100 dan ortiq me`yoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilib, o`rnatilgan tartibda tasdiqlangan va tegishli ravishda Adliya vazirligi tomonidan davlat ro`yxatidan o`tkazilib, joriy etilgan.

Joriy yilda "O`zbekiston Respublikasida xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish qoidalarini tasdiqlash to`g`risida"gi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 16 fevraldagi 35-sonli va "Yo`lovchilar tashish yo`nalishlarini joylashtirish uchun tenderlar o`tkazish tizimini takomillashtirish to`g`risida"gi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 16 fevraldagi 34-sonli qarorlari qabul qilindi.

O`zbekiston Respublikasida xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish qoidalari joriy yilning 1 aprelidan kuchga kiritiladi.

Ushbu qoidalar quyidagi boblardan iborat:
  1. umumiy qoidalar;
  2. xavfli yuklarni tashishning alohida shartlari;
  3. xavfli yuklarni tashishni tashkil etish;
  4. tashish jarayoni qatnashchilarining huquq va majburiyatlari;
  5. tashishlarni texnik ta`minlash;
  6. xavfli yuklarning ayrim klasslarini tashishni tashkil etish va texnik ta`minlash xususiyatlari.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 11 dekabrdagi 472-son qarori bilan tasdiqlangan "Yo`l harakati qoidalari"ga yangi "XAVFLILIK BELGILARI" kiritildi. Va bu belgilar soni 18 tani tashkil etadi.

Yo`lovchilar tashish yo`nallshlarida band bo`lgan avtomobilda tashuvchilarning tender bo`yicha tanlovi mexanizmini takomillashtirish, shuningdek, avtomobil transportida yo`lovchilar va bagaj tashish qoidalarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 16 fevraldagi "Yo`lovchilar tashish yo`nalishlarini joylashtirish uchun teiderlar o`tkazish tizimini takomillashtirish to`g`risida"gi 34-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu qaror bilan O`zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi.

Masalan, Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 17 avtustdagi 350-son qarori bilan tasdiqlangan "Shaharda yo`lovchilar tashish yo`nalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlar tashkil etishga oid Nizom"ga kiritilgan o`zgartirishlarga ko`ra endi tenderda ishtirok etadiganlarga yangi talab qo`yiladi: "Tender qatnashchisi davlat soliq xizmati organlarida hisobda turishi hamda tender takliflarida tavsiya etilayotgan har bir avtotransport vositasi uchun tegishli litsenziyaga va litsenziya kartochkalariga ega bo`lishi shart. Tender qatnashchisi aynan bitta avtotransport vositalarini har xil yo`ialishllarga tavsiya etishga haqli emas". Shuningdek, tugatish yoki bankrotlik bosqichida turgan yoxud mulkkga arest solingan talabgorlarning tenderda qatnashishiga yo`l qo`yilmaydi.

Bundan tashqari endi Tender kamida ikki qatnashchi mavjud bo`lgan taqdirdagina o`tkaziladi. Tashuvchiga tender o`tkazilmasdan yo`nalishda ishlash huquqining birkitilishiga yo`l qo`yilmaydi.

Tenderda qatnashish uchun buyurtmanomalar mavjud bo`lmaganda yoxud unda atigi bir nafar tashuvchi qatnashganda Komissiya ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda takroriy tender tashkil etishi kerak, bunda yo`nalishlar paketiga yoki yo`nalishga qo`yiladigan talablarning qayta ko`rib chiqilishiga yo`l qo`yiladi.

Agar takroriy tenderni o`tkazishda yo`nalishga (yo`nalishlar paketiga) yana atigi bir nafar tashuvchi talabgor bo`lsa, Komissiya ushbu tashuvchiga yo`nalishda (yo`nalishlar paketida) ishlash huquqini mazkur tashuvchining tender takliflari qo`yilayotgan talablarga muvofiq bo`lgan taqdirda biriktirib qo`yish huquqiga egadir.

Shuningdek, bunday o`zgartirishlar shahar yo`nalishlarini ochiq tenderlar orqali joylashtirish borasida Vazirlar Mahkamasining "Shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo`lovchilar tashish avtomobil transportida ochiq tenderlarni tashkil etish va o`tkazish masalalari to`g`risidagi 1999 yil 29 iyuldagi 368-son qaroriga ham kiritildi.

Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 noyabrdagi 482-son qarori bilan tasdiqlangan "Avtomobil transportida yo`lovchilar va bagajni tashish qoidalari"ga kiritilgan o`zgartirishlarga ko`ra esa endi yo`lovchilarga beriladigan chiptalar "qat`iy hisobda turadigan" hujjatlar turiga kiritildi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 31 yanvardagi 11-son qarori bilan tasdiqlangan "Toshkent shahrida yo`lovchilar tashish yo`nalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlarni tashkil etish va o`tkazish to`g`risidagi Nizom"ga ham tegishli o`zgartirishlar kiritildi.

E`tiboringiz uchun rahmat!

Sayt bo`yicha qidirish:



 
 

© O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, 2012

UZINFOCOM ишланмаси, Sayt boshqaruv tizimi MANAGER   DATACENTER UZINFOCOM