rus     eng     o'zb  
 
 
Sayt xaritasi Aloqa RSS
 
O`ZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYO TRANSPORTI AGENTLIGI
 
 
Bosh sahifa
Yangiliklar
Biz haqimizda
Komissiyalar, kengashlar, qomitalar
Litsenziyalash
Me`yoriy baza
Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari
Qo`shimcha interaktiv xizmatlar
Malakaviy talablar
Tenderlar
Tanlovlar
Tadbirlar
Avtotransport xizmati fakt va raqamlarda
Xalqaro munosabatlar
uForum


O’zbekiston  avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Shovahobovning 2011-yil 16-aprel kuni bo‘lib o‘tgan Agentlik hay’at yig‘ilishidagi Agentlikning 2011-yil yanvar — mart oylaridagi ish yakunlari to‘g‘risidagi ma’ruzasi

Assalomu alaykum hurmatli hay’at a’zolari va yig‘ilish qatnashchilari!

2011-yilning yanvar — mart oylarida ham O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi o‘z vakolatlari va vazifalaridan kelib chiqqan holda asosiy faoliyatini davom ettirdi.

Avvalo sohada amalga oshirilgan eng muhim jarayonlarga to‘xtalib o‘tsak. Bu o‘rinda esa birinchi navbatda avtomobil transporti xizmatlari bozorida raqobat muhitini shakllantirish va barcha tashuvchilarga teng sharoit yaratib berish borasidagi ishlarni sanash o‘rinli bo‘lsa kerak. Zero, viloyat hokimiyatlaridagi Komissiyalar hamda Agentlik qoshidagi  Idoralararo Komissiya tomonidan yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari ochiq tender tanlovlari orqali joylashtirishga jiddiy e’tibor qaratilgani natijasida bugungu kunda mavjud 3738 ta yo‘nalishning 3689 tasi yoki 98,7 foizi tenderlar orqali joylashtirilgan. Shu jumladan, 2011-yilning I choragida jami 31 ta ochiq tender o‘tkazilib, 350 ta yo‘nalish joylashtirildi. Shundan 8 ta tenderda 51 ta shahar yo‘nalishlari, 21 ta tenderda 247 ta shahar atrofi va 20 ta viloyatichi shaharlararo yo‘nalishlari hamda 3 ta tenderda 37 ta shaharlararo-viloyatlararo yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari tashuvchilar o‘rtasida joylashtirilgan. Bu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar davom ettirilmoqda.

Agentlik ko‘magida Qo‘qon shahrida yangi avtovokzal va avtokemping qurilmoqda. Guliston shahridagi avtovokzal qayta ta’mirlanmoqda.

Viloyatlarda hokimliklar bilan birgalikda yo‘nalishlarda yo‘lovchilar oqimi va aholining yo‘lovchi tashishga bo‘lgan  ehtiyojlari o‘rganib chiqilmokda va avtokorxonalardagi mavjud avtobuslarni yangilash masalalarida amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.

Jumladan, 2011-yilning 3 oyi davomida Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan «ISUZU» avtobuslaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasida 60 ta, Andijon viloyatida 50 ta, Surxondaryo viloyatida 23 ta, Farg‘ona viloyatida 20 ta, Samarqand viloyatida 17 ta, Toshkent va Navoiy viloyatlarida 10 tadan va Xorazm viloyatida 5 ta — jami 195 ta avtobuslar lizing asosida sotib olinib, shahar va shahar atrofi yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatish uchun chiqarildi.

Joriy-yilning o‘tgan davrida respublika hududlarida jami 10 ta yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini ochilishi rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 17 ta (170 foiz) yo‘nalish ochildi va 88 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etildi. Eng e’tiborlisi, ushbu yangi yo‘nalishlarning barchasi qishloq hududlarida ochilib, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatilmoqda.

Agentlikning faoliyatidan kelib chiqib,  barcha asosiy yo‘nalishlarda, ya’ni litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi, yo‘lovchi yo‘nalishlarini ochiq tenderlarda joylashtirish, yo‘lovchi va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan yuridik shaxslar xodimlarini va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan xususiy tadbirkorlarni test sinovlari orqali attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil qilish kabi masalalarida  zamonaviy informatsion texnologiyalar joriy etildi.    

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 9-martdagi «Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish sohasidagi tadbirkorlik faoliyatining alohida turlarini amalga oshirishni tartibga solish to‘g‘risida»gi PQ-303-sonli qarori chiqqunga qadar jismoniy shaxslarni o‘z tarkibiga biriktirib faoliyat ko‘rsatayotgan yuridik shaxslar soni 314 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2011-yilning 1-aprel holatiga ularning soni 1963 taga (yoki 7,2 marttaga) ortdi va 2277 tani tashkil etdi.

Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika Kengashining reja-jadvaliga muvofiq Agentlik tomonidan hisobot davrida rejadagi 14 ta tashkilot va korxonalarning barchasida avtotransport sohasidagi faoliyati tekshirildi va ularda turli xil kamchilik va nuqsonlar mavjudligi aniqlandi. O’zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksiga muvofiq noqonuniy faoliyat ko‘rsatganlarga  nisbatan moliyaviy jazo choralari ko‘rish uchun Davlat soliq idoralariga tegishli hujjatlar topshirildi.

Hisobot davrida Agentlik xodimlari Davlat soliq qo‘mitasi va Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi vakillari bilan birgalikda yo‘llarda 1226 ta qo‘shma reydlar o‘tkazdilar. Natijada ular tomonidan  13807 ta avtotransport sohasida faoliyat ko‘rsatish qoidalarini buzish holatlari aniqlandi, shulardan 8878 tasi jismoniy shaxslar tomonidan sodir etilgan. Ushbu qoidabuzarliklar bo‘yicha hujjatlar tegishli ravishda rasmiylashtirilib, chora ko‘rish uchun soliq idoralariga topshirildi.

2011-yilning I choragi davomida litsenziatlarga tegishli 15 ta litsenziyaning amal qilish muddati 10 ish kuniga to‘xtatildi. 51 ta litsenziya esa litsenziatlar arizasiga ko‘ra tugatildi.

Agentlik tomonidan avtomobil va daryo transporti sohasiga oid normativ hujjatlarni ishlab chiqish ishlari ha davom ettirilmoqda. Jumladan, xavfli yuklarni avtomobil transportida tashishni tashkil etish, tashish jarayoni ishtirochilarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini tartibga solish maqsadida ishlab chiqilgan “O’zbekiston Respublikasida avtomobil transportida xavfli yuklarni tashish qoidalari va O’zbekiston Respublikasida  avtomobil transportida  tashishga ruxsat etilgan xavfli yuklarning ro‘yxati” Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-fevraldagi 35-sonli qarori bilan  tasdiqlandi.

Tashishlar xavfsizligini ta’minlash choralarini kuchaytirish,  yo‘lovchilarni tashish yo‘nalishlarida band bo‘lgan avtomobil  tashuvchilarining tender tanlovi mexanizmini takomillashtirish, shuningdek,  yo‘lovchilarni va bagajni  avtomobil transportida tashish qoidalarini  tartibga solish maqsadida «Yo‘lovchilar yo‘nalishlarini joylashtirish bo‘yicha tenderlarni o‘tkazish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-fevraldagi 34-sonli qarori qabul qilinib, tegishli me’yoriy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritildi.

«O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-iyuldagi 138-sonli qarori bilan tasdiqlangan avtomobil transportida yo‘lovchilar va yuklarni  shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda tashish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida”gi Nizomga o‘zgartish va  qo‘shimchalar kiritish to‘g‘rsida»gi qarori loyihasi tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda kiritildi.

Shu bilan birgalikda, bir qator davlat standartlari, nizomlar, rahbariy hujjatlarga kiritiladigan o‘zgartish va qo‘shimchalar ishlab chiqildi. Jumladan, «Sayyohlarni avtomobil transportida tashish» davlat standarti Ichki ishlar vazirligi, «O’zbekturizm» kompaniyasi bilan kelishilib, «O’zstandart» agentligiga tasdiqlash uchun kiritilgan bo‘lsa, «Nazorat-texnik punktlari faoliyati va navbatchi mexanikning lavozim yo‘riqnomalari to‘g‘risidagi nizom» Ichki ishlar vazirligiga  kelishish uchun kiritildi. «Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va bagajni tashish bo‘yicha xizmatlarga qo‘yiladigan talablar» O’zbekiston davlat standartini ishlab chiqish ishlari ayni paytda yakuniy bosqichda turibdi.

Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-sonli «O’zbekiston Respublikasida avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yukni tashish qoidalarini va avtobus tashuvlarida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha talablarni tasdiqlash to‘g‘risida»gi qaroriga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qarori loyihasi ishlab chiqildi va 2011-yil 23-fevralda kelishish uchun manfaatdor vazirliklar va idoralarga yuborildi.

O’zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasining «Yo‘lovchilar avtovokzallari (avtostantsiyalari) faoliyati sohasida boshqaruvni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi  qaror loyihasi  ishlab chiqilmoqda.

O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining «O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2004-yil 30-yanarda 1305-son bilan  ro‘yxatga olingan  yo‘lovchilar avtovokzallari, avtostantsiyalari to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi  buyrug‘i loyihasi 2011-yil 15-martda manfaatdor vazirliklarga kelishish uchun yuborildi.

Vazirlar Mahkamasining «Yo‘nalishli taksilar uchun yagona belgilar to‘g‘risida»gi qarori loyihasi ishlab chiqilib, 2011-yil 15-martda kelishish uchun  manfaatdor vazirlik va idoralarga yuborilgan bo‘lsa, Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston Respublikasida avtomobil transportida yuk tashish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori loyihasi vazirliklar  va idoralar bilan kelishish uchun qayta kiritildi.

Avtomobil va elektr transportida tashilgan yo‘lovchilar soni  va yo‘lovchi aylanmasini hisoblash bo‘yicha yo‘riqnomaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan bo‘lib,  ushbu loyiha Adliya vazirligida ro‘yxatga olinmoqda.

Moliya vazirligi va O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining «2020-yilgacha bo‘lgan davrda O’zbekiston Respublikasining  umumfoydalanishdagi avtomobil transporti bo‘yicha tarif siyosatining Kontseptsiyasi to‘g‘risida»gi qo‘shma qarori tasdiqlash uchun Moliya vazirligiga topshirilgan.

Shu bilan birga, “Daryo transportidan foydalanish qoidalariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi buyruq Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasi suv ob’ektlarida kichik xajmli kemalardan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishib olindi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

Agentlikning “Daryo transporti xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish to‘g‘risida”gi buyrug‘i Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining xulosasini olish uchun kiritildi.

Bulardan tashqari Agentlik  mutaxassislari bir qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar yuzasidan kelishuvlarga erishishda ishtirok etdi. O’zbekiston Respublikasining «Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»gi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi  qonun loyihasi, «Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish jarayonlari to‘g‘risida»gi qonun loyihasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining  «Rasmiyatchilik to‘siqlarini bartaraf etish va ruxsat berish jarayonlarini amalga oshirishda davlat boshqaruv funktsiyalarini qisqartirish choralari to‘g‘risida»gi qonuni loyihasi shular jumlasidandir.

Avtomobil va daryo transporti sohasidagi normativ-huquqiy bazani shakllantirish ishlari davom ettirilmoqda.

Hisobot davrida tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida ham ma’lum ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Ummon Sultonligi, Eron Islom Respublikasi, Turkmaniston, O’zbekiston Respublikasi va Qatar davlatlari o‘rtasida xalqaro transport va tranzit yo‘lagini barpo etish to‘g‘risidagi hukumatlararo Bitim loyihasi muhokamasida va Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga (ShHT) a’zo davlatlar hukumatlari o‘rtasida xalqaro avtomobil tashuvlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risidagi Bitim loyihasining ilovalarini muhokama etishga oid ekspertlar yig‘ilishida ishtirok etildi.

Belgiya tomonidan diplomatik kanallar orqali taqdim etilgan O’zbekiston Respublikasi Hukumati va Belgiya Qirolligi Hukumati o‘rtasida xalqaro avtomobil tashuvlari to‘g‘risidagi Bitim loyihasi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ko‘rib chiqildi.

2011-yilda avtomobilda xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirish uchun Hukumatlararo Bitimlar doirasida 25 ta xorijiy mamlakatning transport bo‘yicha vakolatli organlari bilan 3820 dona ruxsatnoma blankalari teng xuquqlilik asosida almashtirildi.

Agentlikning Daryo kemachiligi registri va kemachilik inspektsiyasi tomonidan Respublikada mavjud 383 ta daryo transporti vositasi va 4 ta ponton ko‘priklari aniqlangan bo‘lib, shundan foydalanishda bo‘lgan 280 ta daryo transporti vositasi va 43 ta sektsiyadan iborat 4 ta ponton ko‘prigi davlat reestriga kiritilgan.

Daryo transporti vositalarini hisobga olish, tasniflash va ularning texnik holatini nazorat qilish va belgilangan muddatlarda texnik ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida 11 ta korxona bilan o‘zaro shartnomalar tuzildi.

Kemalarni ta’mirlash va ularni yig‘ish ishlarini bajarish uchun bitta korxonaga “Korxonaning e’tirof etilganligi to‘g‘risida guvohnoma” berildi.

Hisobot davrida 5 ta daryo transporti vositasi shahodatlashtirildi. bitta daryo transporti vositasi ro‘yxatga olindi va Kema guvohnomasi berildi.

Agentlik tomonidan o‘z vakolatlari va vazifalaridan kelib chiqib joriy-yil yanvar — mart oylarida amalga oshirilgan asosiy ishlar shulardan iborat.

E’tiboringiz uchun rahmat!

Sayt bo`yicha qidirish:



 
 

© O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, 2012

UZINFOCOM èøëàíìàñè, Sayt boshqaruv tizimi MANAGER   DATACENTER UZINFOCOM