O`ZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYO TRANSPORTI AGENTLIGI HAY`ATI
O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi hay`ati O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 10 martdagi "O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi 118-sonli qarori asosida tashkil topgan. O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi hay`ati to`g`risidagi Nizom O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig`i - hay`at raisi tomonidan 2004 yil 9 martda tasdiqlangan.
Hay`at avtomobil va daryo transporti kelajagi va sohani rivojlantirish rejalari, Agentlik hududiy bo`limlarining soha ichida va respublikalararo aloqalariga doir faoliyatini muvofiqlashtirish, avtomobil va daryo transporti sohasida ilmiy-texnikaviy va investitsiya siyosatini belgilab olish, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, me`yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish bilan bog`liq muhim masalalarni ko`rib chiqadi.
Hay`at majlislarida Agentlik tizimiga kiruvchi rahbar kadrlarni joylashtirish bilan bog`liq masalalar ko`rib chiqiladi va tegishli qarorlar qabul qilinadi.
O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi hay`atining shaxsiy tarkibi 5 kishidan iborat bo`lib, u O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari bilan tasdiqlangan:
1. Abduvaliyev Abdurahmon Abdulhayevich - O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig`i - hay`at raisi
2. Shovahobov Shoolim Shomansurovich - O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig`i o`rinbosari
3. Qudratov Isroil Tursunboyevich - O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig`i o`rinbosari
4. Kelishuvda
5. Kelishuvda
_____________________________
Yangilangan sana: 25.08.2010 20:16
|